Breaking News

Belarusda muxolifat liderining turmush o'rtog'i 18 yilga qamaldi


Sergey Tixanovskiy
Sergey Tixanovskiy

Belarus muxolifatining yetakchisi, o’tgan yilgi saylovda prezidentlikka nomzod sifatida qatnashgan Svetlana Tixanovskayaning turmush o’rtog’i Sergey Tixanovskiy Minsk sudi tomonidan ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va ijtimoiy adovatni qo’zg’atishda aybdor topilib, 18 yilga qamaldi. Yana besh safdoshiga 14 yildan 16 yilgacha qamoq jazosi belgilandi.

Xalqaro hayot - 14-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:42 0:00

Tixanovskiy prezident saylovida o’z nomzodini qo’ymoqchi bo’lganida ro’yxatdan o’ta olmagan. Shundan so’ng 2020-yil mayida hibsga olindi.

Rafiqasi Svetlana uning o’rniga saylovda qatnashib, rasmiy raqamlarga ko’ra 10 foiz ovoz to’plagan. Biroq muxolifat Tixanovskaya amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkodan ko’proq ovoz olganini da’vo qildi. Saylov natijalaridan norozi minglab odam oylab davomida namoyish qildi, hukumatni va Lukashenkoni ovozlarni soxtalashtirganlikda aybladi.

Saylov ketidan Tixanovskaya farzandlarini olib Belarusni tark etishga majbur bo’ldi. U turmush o’rtog’iga o’qilgan hukmni noqonuniy deb atadi.

"Buni hukm deb atashga til bormaydi. Sevgan insonimni, millionlab belaruslar uchun liderga aylangan odamni himoya qilishda davom etaman”, - dedi Tixanovskaya.

Sud yopiq eshiklar ortida o’tgan, ayblanuvchining advokatlariga tergov ishi tafsilotlarini matbuotga oshkor qilmaslik buyurilgan.

Iyul oyida Belarus sudi prezidentlikka da’vo qilgan tadbirkor Viktor Babarikoni 14 yilga, sentabrda esa muxolif faol Mariya Kolesnikovani 11 yilga qamadi.

BMT hisobiga ko’ra, Belarusda so’nggi bir yilda 35 mingdan ziyod odam hibsga olingan, o’n minglab fuqaro mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG