Breaking News

Tillerson Afrikaning besh mamlakatiga boradi


AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson
AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson shu hafta Afrikaga otlanmoqda. 6-13 mart kunlari u Chad, Jibuti, Efiopiya, Keniya va Nigeriyada bo’ladi. Ikki tomonlama aloqalar, terrorga qarshi kurash, savdo masalalari muhokama qilinadi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibasi Xezer Noyertning aytishicha, Afrikada terrorga qarshi kurash va xavfsizlik bobida hamkorlik ustuvor vazifalar.

“Davlat kotibi Tillerson bu mamlakatlar hamda Afrika Ittifoqi rahbarlari bilan uchrashadi. Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, samarali davlat boshqaruvini, o’zaro manfaatli savdo va sarmoyani yo’lga qo’yish haqida gaplashadi”, - dedi rasmiy.

Qo’shma Shtatlar yaqinda Afrikada “Islomiy davlat” jangari to’dasiga aloqador bir necha terror guruhini qora ro’yxatga qo’shdi.

“Terror guruhlari azaldan Afrikada faoliyat yuritib keladi. Chunki u yerda chegaralardan nazoratsiz o’tish mumkin. Biz bu mamlakatlarda armiya, chegara xavfsizligi, huquq-tartibot organlari ishini yaxshilashga harakat qilyapmiz”, - deydi Davlat departamentida aksil-terror siyosatiga mas’ul Natan Seyls.

Dunyoning eng tez rivojlanayotgan 10 mamlakatidan beshtasi Afrikada joylashgan. 2030-yilga borib qit’a aholisi dunyo xaridorlari va mehnatkashlarining choragini tashkil qiladi.

“Sog’liqni saqlash, mojarolar oldini olish, savdoni kuchaytirish, tariflar va iqtisodiy to’siqlarni olib tashlash uchun ko’p ishlar qilinishi kerak, - deydi AQSh Tinchlik institutidan Jonni Karson.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG