Tillerson NATO vakillari bilan maslahatlashdi

  • Amerika Ovozi

Amerika bosh diplomati Reks Tillerson aprelda NATO mudofaa vazirlarining Bryusseldagi anjumaniga bormaslik qarori ketidan tanqidga qoldi. U kelasi oy Rossiyaga bormoqchi ekani ayon bo'lgach, tanqidlar yana ham kuchaydi.

Davlat departamentidan Mark Tonerning aytishicha, Tillerson jadvaldagi tig'izlik sabab NATOning anjumaniga bora olmaydi.

NATOdagi 28 ittifoqchi davlatning yig'inida bosh diplomat sifatida ilk bor qatnashish o'rniga Tillerson Floridada Prezident Tramp va Xitoy rahbari Si Zinpinning muloqotida ishtirok etadi.

Tonerning so'zlariga ko'ra, Shimoliy Atlantika harbiy ittifoqi yig'ilishida Amerika tomonidan davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha muovini Tom Shannon qatnashadi.

Tonerning ishontirib aytishicha, Qo'shma Shtatlar NATOdagi ittifoqchilar oldida majburiyatlariga sodiq qoladi. Tillerson alyansning tashqi ishlar vazirlari bilan bugun, chorshanba kuni Vashingtonda, "Islomiy davlat"ni mag'lub etishni maqsad qilgan koalitsiya majlisida ko'rishmoqda, deya eslatadi Toner.

Prezident Tramp harbiy alyansni eskirgan, samarasiz bir tashkilot deya tanqid qilib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG