Tillerson Qatar va Fors ko'rfazi davlatlarini yarashtirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Davlat kotibi Reks Tillerson Qatar Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon al Taniy bilan Vashingtonda ko'rishdi. 27-iyun, 2017-yil.

Amerika Davlat kotibi Reks Tillerson Qatar va Quvayt rasmiylari bilan ko'rishib, Qatar hamda Fors ko'rfazidagi davlatlar o'rtasida avj olayotgan ziddiyatga barham berishga harakat qildi. Tillersonning aytishicha, u dialog tarafdori. Prezident Donald Tramp esa Qatarni terrorizm homiysi deya tanqid qilayapti.

O'tgan oy Saudiya Arabistonida bo'lib qaytgan AQSh rabari Donald Tramp Qatarga tanbeh bermoqda.

"Qatar tarixan terrorizmni moliyalab kelgan. Safarim paytida Fors ko'rfazi hamkorlik kengashi a'zolari men bilan uchrashib, Qatarning jilovini tortib qo'yish haqida gaplashdi", - dedi prezident.

Iyun oyining boshida Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Misr va boshqalar Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzib, havo va dengiz blokadasini joriy qildi. Ularga yoqmagan masala Qatarning Eron bilan yaqin rishtalaridir. Qo'shma Shtatlar Qatarda harbiy bazaga ega va bu yerdan turib Iroq va Suriyada "Islomiy davlat" guruhiga qarshi olishib keladi.

Bosh diplomat Reks Tillersonning aytishicha, Saudiya boshliq qo'shnilar olg'a surgan 13 talabni Qatar bajarishi mushkul, ammo murosaga erishsa bo'ladi, deydi u.

"Vazifamiz taraflarni bir davraga yig'ib, e'tirozlarini aniq-tiniq bayon etishlari uchun sharoit yaratish, toki bu ziddiyat barham topsin", - deydi Amerika rasmiysi.

Tajribali diplomat Allen Keysvetterning aytishicha:

"Davlat kotibi diplomat sifatida yondashmoqda, muzokarachi sifatida. Qatarni bir necha o'n yildan beri biladi, mintaqa mamlakatlari va rasmiylar bilan ham o'nlab yillardan beri tanish va murosaga joy bor deb ishonadi", - deydi tahlilchi.

Davlat departamentidan Xezer Naertning aytishicha, AQSh muzokara uchun sharoit yaratadi, ammo murosaga erishish ko'rfaz davlatlariga qolgan masala.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG