Jahon olimlari har yili dunyoning o'n eng nodir jonivorlari ro'yxatini e'lon qiladi. Mutaxassislarning aytishicha, odamzotga hali noma'lum 10 million jonivor bor va ularni kashf qilish zarur.
O'n antiqa mavjudot

1
Filippinda topilgan koral o'simlik - Balanophora coralliformis.

2
Shimoliy va Janubiy Dakotata yaqinda topilgan yangi dinozavrning (Anzu wyliei) qoldiqlari. Qushga o'xshagan dinozavrning bo'yi bir yarim metr, eni uch yarim metr, vazni 300 kilogram bo'lgan. (Karnegi tabiat tarixi muzeyidan)

3
Chayir o'rgimchak - Cebrennus rechenbergi. Sakrab, dumalab yuradigan o'rgimchak olimlar shu xilda harakatlanuvchi robotni yaratishiga turtki bergan.

4
Avstraliya janubi-sharqida, dengiz tubida aniqlangan jonzot, plankton - Dendrogramma enigmatica.