Breaking News

Germaniya poytaxtidagi hujumda bir necha kishi o'lgan


Berlin, 19-dekabr, 2016-yil
Berlin, 19-dekabr, 2016-yil

Berlinda yangi yil oldidan sovg'alar sotiladigan katta bozorda yuk mashinasida qilingan xuruj to'qqiz kishini hayotdan olib ketgan, 50 odam jarohatlangan.

Germaniya poytaxtining tarixiy qismida yuz bergan voqea shaharni shokka solgan. Shu yilning iyul oyida Fransiyada plyajda shu singari hujum amalga oshirilganda 86 kishi o'lgan edi. "Islomiy davlat" bu hujum uning ishi ekanini tan olgan.

Berlin: Hujumni sodir etgan mashina
Berlin: Hujumni sodir etgan mashina

Berlindagi voqeada yuk mashinasi aynan gavjum joylarga bostirib borgan. U yerda ayollar va bolalar bo'lgan.

Haydovchi kim, hozir qayerda? Noma'lum.

Berlin: hujum sodir etilgan joy
Berlin: hujum sodir etilgan joy

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG