Tramp: Afg’onistondan qo'shinlarni hali-beri olib chiqmaymiz

  • Amerika Ovozi

AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, Qo’shma Shtatlar shu tobda qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqish haqida o’ylangani yo’q. Tramp dushanba oqshom Afg’oniston bo’yicha yangi strategiya xususida gapirdi.

Prezident tafsilotlarga to’xtalmadi, ammo saylov kampaniyasi paytida urushlarni to’xtatish haqidagi va’dalaridan voz kechgan ko’rinadi.

"Qo’shinlar soni yoki harbiy rejalarimiz haqida gapirmaymiz. Strategiya jadvalga emas, mamlakatdagi sharoitga qarab belgilanadi. Amerikaning dushmanlari rejalarimiz haqida bilishi kerak emas. Qachon hujum qilishimizni aytmaymiz, ammo hujum qilamiz”, - dedi Tramp.

Afg’oniston Bosh vaziri Abdulla Abdulla yangi strategiyani olqishladi.

"AQShning bu siyosati mintaqadagi sharoitni ham o’z ichiga oladi. Afg’oniston mintaqa doirasidagi muammolarni hal etishda hamkorlikka tayyor, chunki bu nafaqat Afg’oniston, balki barchaning manfaatiga javob beradi”, - dedi u.

Trampning aytishicha, agar afg’on hukumati shijoat ko’rsatsa, olg’a qadam tashlasa, AQSh u bilan hamkorlik qiladi. Amerikaning Afg’onistondagi majburiyatlari cheksiz emas, dedi u.

Trampga ko’ra, Pokiston jangarilarga boshpana bermasdan, terrorchilarni hududidan haydashi kerak.

“Vashington Post” gazetasiga ko’ra, Mudofaa vazirligi Afg’onistonga qo’shimcha 4000 askar yuborishi mumkin. Ayni damda bu mamlakatda Amerikaning salkam 8500 va NATOning 5000 askari bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG