Trampning ohangi yumshadimi yoki bu vaqtinchalik holatmi?

  • Amerika Ovozi

Prezident Donald Tramp Oq uyda Kongressdagi yetakchi respublikachilar bilan uchrashib, ichki siyosatga doir rejalari haqida gaplashdi.

“Jarayon boshlanyapti, muvaffaqiyat qozonishimizga shubha yo’q”, - dedi Tramp.

Davlat rahbarining seshanba kuni Kongressdagi ma’ruzasi mo’tadil deya ijobiy baholanmoqda.

“Har birimiz o’zimizga, kelajagimizga, Amerikaga ishonishimiz kerak”, - dedi prezident.

Tahlilchi Jeremi Mayer nazarida, Tramp prezidentga xos ohangda gapirdi.

“Bu uning shu kungacha qilgan eng yaxshi ma’ruzasidir. Uning nutqida murosa, sokinlik sezildi. Odatda Donald Trampdan bunday gaplarni eshitmaysiz”, - deydi mutaxassis.

Tramp ohangidagi o’zgarish sog’liqni saqlash va soliq tizimlarini isloh qilishda qonunchilar bilan til topishishga yordam berishi mumkin, deydi tahlilchi Jon Fortye.

“Hozircha bularning hammasini qanday qilib amalga oshirish mavhumligicha qolmoqda. Tramp lider ekanini namoyish etishi, respublikachi qonunchilar bilan ishlay olishini ko’rsatishi kerak”, - deydi siyosatshunos.

Demokratlar esa Trampga shubha bilan qarashda davom etmoqda.

“Uning ma’ruzalari haqiqatdan hamisha yiroq. Gaplarida Amerika ishchilari haqida gamxo’rlik qilayotganday bo’ladi, ammo amalda ishchilarga qarshi harakat qilayotgan ultra o’ng qanot, maxsus manfaatlarni ko’zlayotgan guruhlar Trampni boshqarmoqda”, - deydi demokrat-senator Chak Shumer.

Tahlilchi Jeyms Turber amerikaliklar Trampning Kongressdagi nutqini iliq qarshilaganini ta’kidlaydi.

“Trampning reytingi Duayt Eyzenxauer davridan beri eng past nuqtada hozir”, - deydi Turber.

Tahlilchi Jeremi Mayerga ko’ra, respublikachilar va demokratlar prezidentning yumshoq ohangi qanchaga yetishi haqida o’ylanmoqda.

“Tramp nihoyat haqiqiy prezident kabi tutdi o’zini. Endi buni ishida ham ko’rishimiz kerak”, - deydi ekspert.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG