Breaking News

Demokratlar Oq uyning Eron bo'yicha izohlaridan qoniqmayapti


Qonunchilarga Eron harakatlari haqida ma'lumot bergan mudofaa vaziri va davlat kotibi

Prezident Trampning milliy xavfsizlik bilan shug’ullanuvchi maslahatchilari qonunchilar bilan uchrashib, Eron bilan yuzaga kelgan ziddiyat ortidagi omillar haqida ma’lumot bergan. Ularga ko’ra, islomiy respublikaning so’nggi 40 yil davomidagi harakatlari va siyosati taranglikka sabab bo’lmoqda.

Xalqaro hayot - 22-may, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:01 0:00

Kongressdagi demokrat qonunchilar Tramp ma’muriyati rasmiylari Eron tahdidi haqida keltirgan dalillarni asossiz deb topdi va Yaqin Sharqda ehtiyotkorona siyosat yuritishga chaqirdi.

“Vaziyatning izdan chiqishini istamaymiz. Harakatlarimiz Eronni jilovlashga, Yaqin Sharqdagi manfaatlarimizni himoya qilishga qaratilgan, urush chiqarishga emas”, - dedi mudofaa vaziri lavozimini bajarayotgan Patrik Shenexan.

Davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, Eron Fors ko’rfazidagi neft tankerlari hamda Saudiya Arabistonida neft quvurlariga qilingan hujumlar ortida turgan bo’lishi mumkin. Uning buzg’unchi harakatlari davom etsa, prezident chora ko’rishga majbur bo’ladi, deydi u.

“Agar Eron nojo’ya harakatga qo’l ursa, katta xato qilgan bo’ladi, katta kuch bilan qarshilaymiz, ammo hozircha ular biror narsa rejalayotgani haqida bizda ma’lumot yo’q”, - dedi Tramp.

Qonunchilar olingan ma’lumotlardan qoniqmaganini aytadi.

“Ataylab yoki bexosdan urushga sabab bo’lishimizdan xavotirdaman. Urush boshlansa, tez tugamaydi”, - deydi senator Berni Sanders.

Demokratlar nazarida, Tramp ma’muriyati Eron yadro dasturiga oid xalqaro bitimdan chiqib, Tehronga ta’sirini yo’qotgan.

“Eron biz bilan gaplashishni istamayotgan bo’lsa va mintaqada provokatsion harakatlarga qo’l urayotgan bo’lsa, bunga hozirgi siyosatimiz sabab”, - deydi senator Kris Myorfi.

Biroq respublikachilar AQShning Eronga qattiroq bosim qo’yayotgani ish bermoqda, deydi.

“Eron rejimiga qattiq turib, qoidalarni hozir biz belgilayapmiz. Bizga oldin hujumlar qilgansiz, Iroq urushi paytida siz tayyorlagan qo’lbola bombalardan kamida 300 amerikalik o’lgan, deb ularga bildiryapmiz va bunga ortiq toqat qilmasligimiz haqida ogohlantiryapmiz”, - deydi senator Lindsi Grem.

Prezident Trampni impichment qilishga da’vatlar demokrat qonunchilar tomonidan tobora balandroq yangrar ekan, Oq uy ma’muriyati Eronga nisbatan strategiyasini tatbiq etishi oson bo’lmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG