Breaking News

Tramp koronavirusdan jabr ko'rgan aholi uchun yordam paketini imzoladi


AQSh Prezidenti Donald Tramp Kongressning koronavirusga qarshi kurashga va uning oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan 900 milliard dollarlik yangi yordam paketini imzoladi.

Xalqaro hayot – 28-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:30 0:00

Tramp o’tgan hafta hujjatning ayrim bandlarini “pulni isrof qilish” deb atab, unga veto qo’ymoqchi edi. Kongressdagi yetakchi demokrat va respublikachi qonunchilar qonun loyihasining imzolanganini olqishlab, bunday qadam koronavirus tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan aholiga dalda bo’lishini aytdi.

Yangi qonunga ko’ra, ishsizlik bo’yicha nafaqalar tiklanadi, ijara haqqini to’lolmayotgan odamlarni uydan haydash taqiqlanadi va ularga moliyaviy yordam taklif etiladi, aviakompaniyalar hamda kichik bizneslar xodimlarining maoshi hamda vaksinalarni tarqatish uchun pul ajratiladi, aholining katta qismiga 600 dollar miqdorida bir martalik nafaqa beriladi.

Tramp hukumat faoliyatini keyingi yil sentabrigacha moliyalashtiruvchi 1,4 trillion dollarlik qonun loyihasini ham imzoladi.

Bu o'rtada AQShda o’tgan hafta Rojdestvo bayramini nishonlash uchun salkam 7 million odam parvoz qilgan. Bu o’tgan yilga qaraganda 70 foizga kam bo’lsa-da, pandemiya yili uchun rekord ko’rsatkich. Sog’liqni saqlash mutasaddilari odamlar hushyorlikni yo’qotib, koronavirus tarqalishining kuchayishidan xavotirda.

“Sayohat paytida ham odamlar ma’lum choralarga amal qilishi zarur”, - deydi AQSh bosh xirurgi Jerom Adams.

Bunday choralardan biri sayohatdan so’ng koronavirusga test topshirish. Britaniyadan chiqayotgan yo’lovchilar koronavirusga test topshirib, natijasi salbiy bo’lsagina samolyotga kiritiladi.

Kaliforniya va Arizona shtatlarida kasallanish hollari kuchaygani qayd etilmoqda. Turli darajadagi rasmiylar tasdiqdan o’tgan vaksinalar bilan emlanib, ularning xavfsiz va samarali ekani haqida ma’lum qilmoqda.

“Ruhoniylar, imomlar, ravvinlarimiz bu ma’lumotni o’z jamoalariga yetkazishi lozim”, - deydi Adams.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG