Razvedka idorasi rahbarligiga nomzod: Moskva asosiy tahdid

  • Amerika Ovozi

Milliy razvedka idorasi rahbari lavozimiga nomzod, Indiana shtatidan sobiq senator Dan Koats Kremlning xatti-harakatlari to'laqonli tergov qilinishi uchun qo'ldan kelganini qilmoqchi. U Senat razvedka qo'mitasida so'zladi.

Prezident Donald Tramp Milliy razvedka idorasi rahbari etib tanlagan nomzod nazarida Rossiya bugun asosiy tahdiddir. Moskva noyabrgi prezident saylovlariga aralashishga uringani - fakt, deydi u.

"Rossiya har xil davlatlarda saylovlarga burun suqishni odat qilgan. Uzoq yillik an'ana bu. Yevropada hozir shuning shohidi bo'lib turibmiz. Ammo oxirgi paytlarda ruslar yanada faol harakat qila boshlagan va kiber-texnologiyani keng qo'llayapti. Buni tan olib, izchil tergov qilishimiz lozim", - deydi Den Koats.

Indiana shtatidan sobiq senator Kremlning xatti-harakatlari to'laqonli tergov qilinishi uchun qo'ldan kelganini qilmoqchi. U Senat razvedka qo'mitasida so'zladi.

Uning so'zlari Tramp bayonotlariga ziddir. Prezident ham saylov paytida, ham keyin razvedkaning xulosasini rad etib keldi.

Koats, shuningdek, radikal islomiy terrorizmni Qo'shma Shtatlarga tahdid deya ta'riflaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG