Breaking News

Tramp Imron Xon bilan ekstremizmga qarshi kurash haqida gaplashdi


Oq uydagi uchrashuv

AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, u afg’on urushini bir haftada g’alaba bilan yakunlagan bo’lardi, biroq bu holda 10 million odamni o’ldirish kerak. Vashingtonga Pokiston bosh vaziri sifatida ilk bor tashrif buyurgan Imron Xon bilan matbuot anjumanida so’zlagan Tramp nazarida, Pokiston AQShga Afg’onistondan chiqishda yordam beradi.

Xalqaro hayot - 23-iyul, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:34 0:00

Imron Xon Trampdan AQShning Pokistonga to’xtab qolgan moliyaviy yordamini tiklashni so’ragan. AQSh prezidenti Islomobod ekstremizmga qarshi kurashda yetarlicha harakat qilmayapti deb yordamni o’tgan yili to’xtatgan edi.

“Bu muammo Sizdan oldin bo’lgan. Pokiston AQSh uchun hech nima qilmayotgan edi. Aksincha, uning harakatlari bizga qarshi qaratilgan edi. Rostini aytadigan bo’lsam, Pokiston bilan aloqalarimiz ular bizdan pul olgan davrga qaraganda hozir ancha yaxshi”, - dedi Amerika rahbari.

Tramp AQShning oldingi ma’muriyatini Pokiston bilan to’g’ri ishlay olmaganlikda aybladi.

“Pokistonning AQShga Afg’oniston masalasida yordami ancha tegishi mumkin. Oldin bunday bo’lmagan, ularni bunda ayblab bo’lmaydi, chunki oldingi prezident Pokiston bilan to’g’ri ishlay olmagan. Hozir Pokiston bizga ancha yordam beryapti. O’tmishda ham shunday yordam berishlari mumkin edi”, - dedi Tramp.

AQSh rahbariga ko’ra, Pokistonga 1,3 milliard dollar miqdorida atalgan moliyaviy yordam tiklanishi mumkin. Biroq buning uchun Islomobod afg’on urushini tugatishda va AQSh qo’shinlarini mamlakatdan chiqarishda Tolibon bilan kelishishga yordam berishi kerak.

“Hozir Afg’onistonda posbonlik rolini bajaryapmiz, xolos. Jang qilganimiz yo’q. Agar jang qilib, g’alaba qilishni xohlaganimizda, nazarimda, urushni bir haftada tugatgan bo’lardik. Ammo men 10 million odamning hayotiga zomin bo’lishni istamayman”, - dedi Tramp.

Imron Xon afg’on urushiga harbiy yechim yo’q, dedi.

“Tinchlik bitimiga juda yaqin turibmiz. Yaqin kunlarda Tolibonni afg’on hukumati bilan muloqotga kirishib, u bilan kelishuvga erishishga ko’ndira olamiz, degan umiddaman”, - deydi Pokiston bosh vaziri.

Shu kungacha Tolibon Kobuldagi markaziy hukumatni AQShning qo’g’irchog’i deya, u bilan gaplashishdan bosh tortib kelmoqda, biroq AQSh vakillari bilan muzokaralar to’xtagani yo’q. 29-iyun kuni Qatarning Doxa shahrida boshlangan yettinchi muloqot samarasini bermoqda, deydi muzokarachilar, ammo xurujlar ham Afg’onistonda to’xtagani yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG