Tramp Eron yadroviy bitimga rioya qilmayapti degan fikrda

  • Amerika Ovozi

AQShning BMTdagi elchisi Nikki Xeylining aytishicha, agar Prezident Tramp Eron bilan 2015-yilda imzolangan xalqaro yadroviy kelishuv ijrosini kelasi oy tasdiqlamasa, bu Qo’shma Shtatlar bitimdan chiqadi degani emas.

AQSh, Britaniya, Fransiya, Rossiya, Xitoy, Germaniya va Eron ishtirokida imzolangan hujjat Tehron atom qurollarini yaratmasligini kafolatlaydi.

Buning evaziga Eronga qo’yilgan ko’p yillik iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar bekor qilinib, bu mamlakatning xorijda muzlatib qo’yilgan milliardlab dollarga teng mulki va puli qaytarildi.

AQSh qonuniga ko’ra, prezident har 90 kunda bitim shartlari amal qilinayotganini tasdiqlab, Kongressga hisobot berib turishi kerak. Kelishuvni tanqid qilib kelgan Tramp nazarida Tehron bitim shartlarini bajarmayapti. Oktabr oyida Kongress Oq uydan navbatdagi hisobotni kutib qoladi.

"Eron majburiyatlarini bajaryapti deb o’ylamayman. Vaqt bor hali, ko’ramiz”, - dedi Tramp.

BMT elchisi Nikki Xeyli Vashingtondagi konservativ tahlil markazida mavzu bo’yicha fikr bildirdi.

“Prezident bitim ijrosini tasdiqlamasa ham AQSh undan chiqmaydi”, - dedi u.

Shunday bo’lgan taqdirda Kongress 60 kun ichida Eronga qarshi sanksiyalarni yangilashi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG