Breaking News

Tramp Yaponiyada savdo aloqalarini muhokama qildi


AQSh Prezidenti Donald Tramp Yaponiyaga safari chog’ida Bosh vazir Shinzo Abe bilan nafaqat Shimoliy Koreya yadro dasturi, balki ikki mamalakat o’rtasidagi savdo va boshqa diplomatik masalalarni ham muhokama etishdi. Tramp AQSh va Eron o’rtasidagi ziddiyatlarni yumshatishda Yaponiyaga vositachi bo’lishni taklif etdi.

Xalqaro hayot - 28-may, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:54 0:00

Amerika rahbari yaqinda taxtga o’tirgan yangi imperator Naruxito bilan uchrashgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo’ldi.

AQSh va Yaponiya yangi ikki tomonlama savdo shartnomasi bo’yicha muzokara qilmoqda. Tramp va Abe shu haqda gaplashgan. Shu paytgacha savdo masalalarida Yaponiya AQShga qaraganda ko’proq manfaat ko’rayotganidan nolib kelgan Tramp yangi bitim adolatli va mushtarak tamoyillarga asoslanishini aytadi.

“Yaponiya bilan savdo kamomadini qisqartirishni, savdo to’siqlarini bekor qilishni ko’zlayapmiz”, - dedi Tramp.

Tramp prezidentlikka kelganidan so’ng AQSh 12 mamlakat a’zo Trans-Tinch okeani sheriklik shartnomasidan chiqdi.

“Bitim avtomobil sanoatimiz hamda ko’plab boshqa ishlab chiqaruvchilarimizni barbod qilgan bo’lardi. Boshqa mamlakatlarning ushbu shartnoma doirasidagi kelishuvlari ijrosi AQSh uchun majburiy emas”, - dedi Tramp.

Abening aytishicha, Qo’shma Shtatlar bilan savdo muzokaralari bir maromda ketmoqda, ayniqsa, energetika, raqamli va infratuzilma sektorlari bo’yicha. Yaponiya avtomobilchilari AQSh iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydi, dedi u.

“Prezident Tramp Oq uyda ish boshlaganidan beri Yaponiya kompaniyalari qo’shimcha 24 milliard dollarlik sarmoya kiritib, AQShda 45 mingta yangi ish o’rinlari yaratishdi”, - dedi Abe.

Tramp Abega AQSh va Eron o’rtasida vositachi bo’lishni taklif etdi.

“Bosh vazir va Yaponiya davlati Eron bilan juda yaxshi aloqada ekanini bilaman. Janob Abe men bilan bu haqda gaplashib, Eron muloqotga tayyor ekanini aytdi. Biz ham bunga qarshi emasmiz, ko’ramiz”, - dedi Tramp.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG