Breaking News

Tramp Kenoshaga bordi, Bleyk oilasidan xabar olmadi


Tramp Kenosha shahrida

23-avgust kuni Viskonsin shtatining Kenosha shahrida Jeykob Bleyk ismli qora tanlining hibsga olish paytida politsiyachi tomonidan otilishi ketidan namoyish va tartibsizliklar kuzatildi. Mahalliy rasmiylar xavotiriga qaramay, Prezident Donald Tramp Kenoshaga borib, tarafdorlari va norozi xalq chiqishlariga duch keldi.

Xalqaro hayot – 2-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:48 0:00

Tramp shaharning tartibsizliklar paytida yoqilgan biznes rayonini ko’zdan kechirdi.

“Ularga ancha yordam beramiz”, - dedi u.

Davlat rahbari mahalliy politsiyachilar bilan ko’rishdi, ammo Bleykning oilasidan xabar olmadi. Tramp mamlakat bo’ylab kuzatilayotgan ba’zan zo’ravon namoyishlarga barham berishda qonun va tartibni ta’minlash muhimligiga urg’u berdi.

Tramp Kenoshada tungi namoyishlar paytida ikki odamni otib o’ldirgan oq tanli o’smirni himoya qilib, u o’zini mudofaa qilgan bo’lishi mumkin, dedi. Muxolifat, jumladan, demokratlardan prezidentlikka nomzod Jo Bayden uni bu gaplari uchun tanqid qildi.

“Alangani o’chirish o’rniga prezident uni battar avj oldirmoqda. Biz yoqib kul qilish bilan emas, bunyodkorlik bilan shug’ullanishimiz kerak”, - dedi Bayden.

Tramp zo’ravonliklarni “mahalliy terror” deb atarkan, demokratlarni bunga yo’l berayotganlikda aybladi.

“Beparvo ultra so’l qanot siyosatchilar davlatimiz va huquq-tartibot idoralarimiz zolim va irqchi degan buzg’unchi g’oyani targ’ib qilishda davom etmoqda”, - dedi Tramp.

Prezidentning irqiy tengsizlikka qarshi namoyishlarga munosabati saylovoldi munozaralarda muhim mavzuga aylangan. Ayrim kuzatuvchilar nazarida, bu qora tanli aholini saylov kuni faolroq bo’lishga undashi mumkin. Tramp saylov shtabi qonun va tartib mavzusini faol targ’ib qilayotganiga qaramay, deydi ular, aksariyat saylovchilar ovoz berishda fikrini o’zgartirmaydi.

“Aholining va ayniqsa oq tanlilarning namoyishlardan ko’ngli qolib bormoqda. O’ta kuchli qutblashgan mamlakatda Tramp tarafdorlarining ham, Bayden tarafdorlarining ham asosiy qismi o’zgarmagan. Turli voqealar sodir bo’layotganiga qaramay, ular o’z nomzodidan voz kechgani yo’q”, - deydi Prinston universitetida siyosatshunos professor Umar Voso.

Tramp saylov shtabi Viskonsin kabi respublikachi va demokrat saylovchilar deyarli teng taqsimlangan shtatlarda shahar tevaragida yashovchi va zo’ravonliklardan xavotirlanayotgan oq tanli aholini o’ziga qaratishga urinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG