Breaking News

Vashingtonda yirik harbiy parad o'tkazilishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Tramp Fransiyadagi paradni ko'zdan kechirmoqda, Parij, 14-iyul, 2017-yil

O’tgan yili Fransiyada Mustaqillik kuniga bag’ishlangan harbiy paradni ko’rib, undan zavqlangan AQSh Prezidenti Donald Tramp Vashingtonda ham dabdabali parad o’tkazmoqchi. Pentagon Amerikaning harbiy qudratini ko’z-ko’z qilish rejasi ustida ishni boshlab yuborgan.

Bu haqda Mudofaa vaziri Jim Mattis ma’lum qildi.

“Takliflarimizni Oq uyga yo’llaymiz”, - dedi u.

Vazirning aytishicha, Prezident Trampning harbiylarga mehri paradni uyushtirishga asosiy sababdir.

Boshqalar nazarida esa, Tramp shunchaki maqtanishni yaxshi ko’radi.

“Gap uning harbiylarga mehridamas. O’zini oliy qo’mondon qilib ko’z-ko’z qilmoqchi”, - deydi iste’fodagi general-mayor Pol Iton.

Yirik harbiy parad Amerikada kamdan-kam o’tkaziladi. Eng kattasi so’nggi bor 1990-yillar boshida AQShning Iroq ustidan g’alabasidan keyin tashkillashtirilgan edi.

General Itonning aytishicha, harbiylarning paraddan muhimroq ishlari bor.

“Afg’onistonda amaliyot davom etmoqda, Iroqda poyoniga yetmoqda, balki Shimoliy Koreyaga qarshi harakatlar rejalanmoqda. Hozir parad mavridi emas”, - dedi general.

Senat harbiy paradni o’tkazishga pul ajratgan. Tadbir qimmatga tushishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG