Breaking News

Tramp davrida AQSh mudofaa xarajatlari kamaygani yo'q


AQSh Mudofaa vazirligi, Pentagon

Prezident Donald Tramp AQSh qo’shinlarini Suriyadan olib chiqishga buyruq bergan. Mudofaa vazirligining tasdiqlashicha, qurol-anjomlar jang maydonlarini tark etmoqda, ammo askarlar hozircha mamlakatda qoladi. Tramp prezidentlikka saylanayotganda AQShning xorijiy mamlakatlarga harbiy aralashuvini kamaytirishga va’da bergan edi.

AQShning 150 davlatda harbiylari bor. Ular yetti mamlakatda urushlarda qatnashmoqda. Oq uyga saylanganidan keyin harbiy siyosatni tushuntirar ekan, Donald Tramp uzluksiz mojarolarni tark etamiz, bosh suqmaymiz, degan edi.

“Ayanchli oqibatlarga olib kelgan aralashuv va tartibsizlikka chek qo’yishimiz kerak”, - deydi prezident.

Harbiy amaliyotlarni tugatamiz degan bo’lsa-da, Tramp mudofaa byudjetini kamaytirgani yo’q. Global harbiy xarajatlarning 35 foizi Qo’shma Shtatlar hissasiga to’g’ri keladi.

“Harbiy xarajatlar ikki yildan beri barqaror bo’lib turibdi”, - deydi tadqiqotchi Nan Tian.

Trampning Suriyadan qo’shinlarni olib chiqish qarori shoshqaloqik deb tanqid qilindi, lekin harbiy missiyalarni cheklash g’oyasi ayrim demokratlarga, jumladan, prezidentlikka nomzodlik uchun kurash boshlagan Elizabet Vorrenga ham ma’qul.

Ba’zilar nazarida Trampning falsafasi sobiq prezident Barak Obamanikiga o’xshash. Siyosatshunos Aron Deyvid deydiki:

“Tramp ma’muriyati yangi urushlarga aralashmoqchi emas, Obama ham shunday edi. Yangi urushlar kerak emas, eskilaridan harbiylarimizni olib chiqamiz, der edi”.

Biroq jangni tark etish ba’zida yanada ko’proq muammolar keltirib chiqaradi. Afg’onistondagi urushlardan olingan saboqlar - doimiy bahs mavzusi. AQSh tarixidagi eng uzoq davom etayotgan urush ham shu.

Suriyadagi mojaro yanada murakkab. G’animlar - “Islomiy davlat”, Eron va Rossiya.

“Suriyani tark etsak, hamma narsani ularga berib qo’ygan bo’lamiz”, - deydi tahlilchi Set Jouns.

AQSh Suriyadan qurol-anjomlarini olib chiqishni boshlar ekan, siyosiy yechim haqida ham qayg’urishi kerak, deydi tahlilchilar.

“Vashington bayonotlar qilishdan oldin strategiyasini aniqlashtirib, tushuntirib, muzokara qilishi kerak edi”, - deydi Jouns.

Davlat kotibi Mayk Pompeoga ko’ra, AQShning Yaqin Sharqdagi ikki bosh maqsadi - “Islomiy davlat”ni yo’q qilish va Eronni jilovlash.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG