Breaking News

Tramp Shimoliy va Janubiy Koreya kelishishidan umidvor

  • Amerika Ovozi

Tramp ma’muriyati Shimoliy Koreya yadro tahdidiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Prezident Shimoliy va Janubiy Koreya o’zaro kelishib olishiga umid qilmoqda.

“Bu ikki mamlakat o’rtasidagi muloqot samara berishini xohlardim. Shimoliy Koreyaning Olimpiya o’yinlarida ishtirok etishi birinchi qadam bo’lardi. Buni qo’llab-quvvatlayman, keyinchalik o’zim ham jarayonga qo’shilishim mumkin”, - dedi Tramp.

Tramp Shimoliy va Janubiy Koreya kelishishiga umid qilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:02 0:00

Davlat rahbari o’tgan yili Pxenyan bilan muloqotdan foyda yo’q degan edi. Hozir esa Oq uy siyosati bir oz o’zgargan ko’rinadi.

“AQSh Shimoliy Koreya bilan muzokara boshlashi uchun ular yadroviy sinovlarni bas qilishi, yadro qurollarini man qilishga tayyor bo’lishi kerak”, - dedi Amerikaning BMTdagi elchisi Nikki Xeyli.

Pxenyan sinovlarni to’xtatmoqchi emas. Aksincha, so’nggi sinovlardan raketalarining salohiyati kuchayib borayotganini ko’rsa bo’ladi. Shimoliy Koreyaning aksil-Amerika ohangi ham pasaygani yo’q. Uning rahbari Kim Chen Un Yangi yil murojaatida qo’l ostida yadro knopkasi borligini, Amerika Shimoliy Koreya yadro qurollari nishonida ekanini aytgan.

Tramp menda ham yadro knopkasi bor, faqat meniki kattaroq va kuchliroq, deb javob berdi. Unga ko’ra, Pxenyan bilan qattiq gaplashish natija beradi.

“Buning uchun rahbar ma’lum xarakter, qat’iyatga ega bo’lishi kerak. Men shundayman”, - dedi Tramp.

Senat Tashqi aloqalar qo’mitasining demokrat a’zosi Ben Kardin prezidentning Shimoliy Koreya masalasiga yondashuviga qo’shilmaydi.

“Pxenyanni yakkalashda davom etishimiz kerak. Shu bilan birga, diplomatik harakatlarni ham kuchaytirish zarur, chunki bu muammoni harbiy yo’l bilan hal qilib bo’lmaydi. Qo’shma Shtatlar Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya bilan hamkorlik qilish lozim”, - dedi senator.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG