Breaking News

Prezident Tramp Navro'z bayramida Eron xalqiga murojaat qildi


AQSh Prezidenti Donald Tramp

AQSh Prezidenti Donald Tramp dunyo ahlini Navro'z bayrami bilan tabrikladi.

"Dunyo bo'ylab bahorning kelishini nishonlayotgan millionlab odamlarga Navro'z go'zal va barakali bo'lishini tilayman", - deyiladi Oq uy e'lon qilgan bayonotda.

Tabrikda Tramp Eronni alohida tilga olib, bu yurt xalqini uzoq asrlardan beri qiyinchiliklarni matonat va madaniyat kuchi bilan yengib kelayotgani uchun olqishlaydi. Ayni paytda u bu xalq bugun yangi muammolar bilan yuzlashayotganini aytadi va mamlakatning Islomiy inqilob gvardiya kuchlarini yovuzlik ramzi deb ataydi.

"U dushman armiya va Eron xalqini ezib, undan o'g'irlab xorijda terrorizmni moliyalaydi", - deyiladi hisobotda.

Unda, shuningdek, zolim rejimga qarshi kurashda AQSh Eron xalqi bilan hamnafas ekani aytiladi.

"Amerika xalqi nomidan, ushbu Yangi yilda nur zulmat ustidan g'olib chiqsin va Eron xalqi tez orada tinchlik, farovonlik va quvonchning yangi kunidan bahra olsin", - deya xulosa qilinadi bayram tabrigida.

AQSh Davlat departamenti ham Navro'z bayrami munosabati bilan alohida tabrik chiqardi. U Davlat kotibi o'rinbosari Jon Sallivan nomidan chiqarildi.

Tabrikda bahor ayyomini nishonlanayotgan ko'plab davlatlar, jumladan, O'zbekiston nomi alohida tilga olinib, bu o'lkalar xalqiga farovonlik va tinchlik-xotirjamlik tilandi.

"Navro'z " kelajak uchun umidlarimizni aks ettiradigan vaqt. Kelayotgan yil barchaga tinchlik, ozodlik va farovonlik keltirsin", - deyiladi bayonot so'ngida.

AQShning O'zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ham O'zbekiston xalqini Navro'z bayrami bilan qutladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG