Breaking News

Tramp: Eron rahbari bilan istalgan payt shartsiz uchrashishga tayyorman


AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron rahbarlari bilan istalgan joyda va istalgan payt shartsiz uchrashishga tayyorman, demoqda. Unga ko’ra, Erondagi zolim tuzumga yadro qurollariga egalik qilishga imkon bermaslik kerak.

Xalqaro hayot - 31-iyul, 2018-yil - Tramp Eron rahbari bilan uchrashishga tayyor
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

Eron mavzusi Trampning Oq uyga tashrif buyurgan Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte bilan matbuot anjumanida ko’tarildi.

“Italiya bosh vaziri ham Eronda yadro quroli bo’lmasligi kerak degan fikrda. Hech qachon. Eronning zararli harakatlariga chek qo’yish maqsadida barcha davlatlarni Tehronga bosim qo’yishga chaqiramiz. Qo’shma Shtatlar Italiyaning bu boradagi harakatlarini olqishlaydi”, - dedi Tramp.

Shu bilan birga, Tramp Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muloqotga tayyor ekanini aytdi. Uning aytishicha, muloqot xavfli ziddiyatlarni yumshatishga xizmat qiladi. Rossiya va Shimoliy Koreya rahbarlari bilan yaqinda o’tgan uchrashuvlarim bundan dalolat, dedi Tramp.

“Agar Eron rahbarlari men bilan uchrashishni istasa, men tayyorman. Ular bunga tayyormi, yo’qmi, bilmayman. Ularning ahvoli og’ir hozir. AQSh Eron yadro dasturiga doir bitimdan chiqdi. Ma’nosiz bir hujjat edi. O’ylaymanki, eronliklar bundan keyin men bilan gaplashgisi keladi”, - dedi Tramp.

Biroq Tehron Vashington bilan muloqot ehtimolini rad etmoqda. AQShga ishonch yo’q, deydi islomiy respublika vakillari.

Eronda 1979-yilda dunyoviy tuzum ag’darilib, islomiy respublika o’rnatilganidan beri ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalar yo’q.

Eron prezidentiga ko’ra, Tramp siyosati Eron bilan to’qnashuvga sabab bo’lishi mumkin. Jangga tayyormiz, deydi Inqilobiy gvardiya qo’mondoni Qosim Sulaymoniy.

“Janob Tramp, tavakkal qilishni qo’ying. Siz bizni kutmagan joyda qarshilik ko’rsatishimiz mumkin”, - dedi general.

Qo’shma Shtatlar Eronga qarshi sanksiyalarni tiklagan. Natijada xorijiy kompaniyalar Eronni tark etmoqda, bu esa mamlakat iqtisodiyotiga qattiq zarba bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG