Tramp arab davlatlarining Qatarni yakkalash harakatini olqishladi

  • Amerika Ovozi

May oyida Riyodga safar qilgan Tramp Qatar amiri Tamim bin Hamad al-Taniy bilan ko'rishgan edi, Saudiya Arabistoni, 21-may, 2017-yil

AQSh Prezidenti Donald Tramp Qatarni ekstremistik guruhlarni qo’llab-quvvatlayotganlikda ayblab, u bilan diplomatik aloqani uzgan arab davlatlari tashabbusini qo’llab-quvvatlab chiqdi.

Qatar AQShning yaqin ittifoqchilaridan bo’lib, o’tgan oy Tramp bu mamlakat amiri bilan uchrashib, ikki tomonlama aloqalarni o’ta yaxshi deb ta’riflagan edi.

Shu sababdan uning Twitter da Qatarni yakkalashga qaratilgan harakatlarni olqishlovchi gaplari ko’plarni hayron qoldirdi. Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr - jami 10 davlat Qatarni Eronga xayrixohlikda va islomiy jangari guruhlarni qo’llab-quvvatlayotganlikda ayblab, diplomatik aloqani uzdi, barcha qatnovni to’xtatdi.

Qatarda 11 ming harbiyni o’z ichiga olgan AQSh harbiy-havo bazasi bo’lib, Qo’shma Shtatlar undan “Islomiy davlat”ga qarshi kurashda foydalanib keladi.

“AQShning bu bazadagi harbiy samolyotlari Afg’oniston, Iroq, Yaman, Suriyaga parvoz qilib turadi. Bu juda ham muhim inshoot”, - deydi Qatar qurolli kuchlarini tayyorgarlikdan o’tkazishda yordam berayotgan ingliz mutaxassisi Andreas Krig.

Ba’zilar arab davlatlari va Qatar o’rtasidagi janjal ortida AQShning o’zi turibdi desa, boshqalar nazarida Oq uydagi hamma rasmiylar ham Qatarni yakkalash siyosatini qo’llab-quvvatlamaydi.

“Bu ishga mudofaa vaziri, davlat kotibi, milliy xavfsizlik maslahatchisi qanday qarashini bilmaymiz. Bir oz sabr qilish kerak”, - deydi Vashingtondagi Strategik va xalqaro izlanishlar markazi xodimi Entoni Kordsmen.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG