Breaking News

Rossiya bo'yicha tergov amerikaliklarni bo'lib qo'ydi


Kelasi dushanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin Finlyandiya poytaxti Xelsinkida uchrashadi. Oq uy ma’muriyatining bildirishicha, Tramp muloqot chog’ida Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashganini muhokama qiladi. Bunga doir Amerikada hali ham davom etayotgan tergov jamiyatni ikkiga bo’lib qo’ydi.

Xalqaro hayot - 10-iyul, 2018-yil - AQSh saylovlari va Rossiya bo'yicha tergov
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:31 0:00

Ba’zilar nazarida, tergov uzundan-uzun televizion serialni eslatadi. Bosh rollarda munozarali prezident, sirli maxsus prokuror, shahvoniy qahramonlar. Boshqalar esa bu voqeani Prezident Tramp boshlovchiligidagi realiti-shouga o’xshatadi.

“Hali ko’p narsalar yuzaga chiqadi”, - deydi minnesotalik Kerol Beykon.

“Putinni hech kim ayblamayapti, demak bizdan nimanidir yashirishyapti”, - deydi koloradolik Maykl Xarris.

2017-yil yanvarida AQSh razvedka idoralari Rossiya 2016-yilgi prezident saylovlariga aralashib, Trampga g‘alaba qilishda yordam bergan degan xulosaga kelgan edi.

Masalani tergov qilish uchun o’tgan yil may oyida Federal qidiruv byurosining sobiq direktori Robert Myuller maxsus prokuror etib tayinlandi.

Tergov mamlakatni ikkiga bo’lib qo’ydi. Demokratlar tarafdorlari nazarida, Tramp saylov shtabi Rossiya hukumati bilan saylov paytida til biriktirgan, respublikachi saylovchilar esa tergov ortida siyosiy sabablar borligini, bu Tramp dushmanlarining ishi ekanini aytadi.

“Matbuot va Obama ma’muriyatining sarqitlari bu ishga aralashgan. Davlat rahbarini asosiy ishidan qoldirishyapti”, - deydi merilendlik Kris Maklin.

“Shuncha paytdan beri pichoqqa ilinadigan dalil ko’rmadik, tergovni tezroq tugatish kerak”, - deydi nyu-yorklik Den Smolarek.

Tramp tarafdorlariga ko’ra, tergovda halollik yo’q. Ammo bundaylar ko’pchilik emas.

“Aksariyat odamlar nazarida, tergov to’g’ri olib borilyapti, agar undagi da’volar isbotini topsa, jiddiy jinoyat fosh etilgan bo’ladi. Aholining yarmi prezident tergovga aralashmasligi, aybdorlar amnistiya etilmasligi, prokuror Myuller ishdan olinmasligi kerak deb hisoblaydi”, - deydi sotsiolog Robert Griffin.

Tergov respublikachi qonunchilarning jig’iga tegmoqda.

“Agar Tramp saylov shtabining birorta vakili qonunni buzgani haqida dalil bo’lsa, sud hay’atiga uni taqdim etish kerak. Agar prezident qonunni buzgani aniqlansa, Amerika xalqiga buni bildirish kerak”, - deydi janubiy karolinalik kongressmen Trey Gaudi.

Tramp saylovda halol yutganini aytar ekan, tergov ortida sobiq Prezident Barak Obama va saylovda unga boy bergan demokrat raqibi Xillari Klintonga sodiq odamlar turganini da’vo qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG