Rossiya Trampdan nimalarni kutishi kerak?

  • Amerika Ovozi

Donald Tramp Rossiya bilan aloqalarni yaxshilamoqchi, ammo Amerika manfaatlari birinchi o'rinda bo'ladi.

Britaniyalik sobiq josus tomonidan asos solingan kompaniya da’vosiga ko’ra, Rossiya razvedkasi ixtiyorida Trampni shantaj qilishga yordam beruvchi ma’lumotlar bor. Agar shu rost bo’lsa, Tramp Rossiya chizgan chiziqdan yurishga majbur bo’ladi, deydi ayrim kuzatuvchilar.

20-yanvardan prezidenlikka kirishayotgan arbob Rossiya bilan kelishishga umid qilmoqda.

Ammo bunday bo’lmasligi ham mumkin, dedi u.

Tramp saylanganidan keyin shu hafta bergan ilk matbuot anjumanida Rossiya AQShga qarshi xakerlikka qo’l urganini tan oldi, bu mamlakat bilan aloqalar qayta ko’rib chiqilmaydi, deb ko’plarni hayron qoldirdi.

Tahlilchi Alan Mendozaning aytishicha, Rossiya Trampning saylanganidan quvongan bo’lishi mumkin, biroq manfaatlar bir-biriga to’g’ri kelmasa, Kreml oldida muammo vujudga keladi.

Rossiya Xalqaro aloqalar kengashi xodimi Ilya Kravchenko nazarida, Trampning Rossiyaga nisbatan qarashlaridagi burilish Kremlni hayratga solmagan.

“Putin sodda odam emas, eng boshidan Tramp Rossiyaning Oq uydagi do’sti bo’lishiga ishonmagani aniq”, - deydi u.

Britaniya firmasi ixtiyoridagi Trampga qarshi dosyeni razvedka idoralari va tahlilchilar jiddiy qabul qilmayapti.

“Aksariyat odamlar bu da’volarning haqiqat ekaniga ishonmaydi. Juda ko’p faktlar bir-biriga to’g’ri kelmayapti. Tramp razvedka idoralari ishini qayta ko’rib chiqishga majbur bo’lishi mumkin”, - deydi tahlilchi Mendoza.

So’nggi paytlarda Tramp va AQSh razvedkasi xizmatlari o’rtasida taranglik kuzatilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG