Trampning irqchilarga qarshi gaplarini tanqidchilari qabul qilmadi

  • Amerika Ovozi

Tramp tanqidchilari uni ko'chada sovuq qarshilamoqda, Nyu-York, 14-avgust, 2017-yil

Prezident Donald Tramp Virjiniya shtatining Sharlotsvil shahrida shanba kuni oq tanli millatchilar namoyishi paytida yuz bergan zo’ravonliklarda millatchilarni ochiq ayblamagani uchun tanqidga uchragan edi, ammo kechagi bayonotida u neonatsistlar, Ku-kluks-klan tashkiloti, oq tanli millatchilar va adovatga berilgan boshqa guruhlarni irqchilik va jinoyatda aybladi.

Shunga qaramay, Tramp tanqidchilari ta’tildan Nyu-Yorkka qaytayotgan prezidentni sovuq kutib oldi. Ba’zilar nazarida, Trampning irqchilar haqida aytgan gaplari samimiy emas.

"Tramp millatchi guruhlarni nomma-nom tilga olib, qoralashiga ikki kun ketdi. U ko'proq o’z imiji haqida qayg’uradi. Odamlarning noroziligini ko’rib, ularni tinchlantirish uchun gapirishga majbur bo’ldi”, - deydi bir ayol.

Shanba kuni turli shtatlardan Virjiniyaning Sharlotsvil shahriga to’plangan millatchilar namoyish qilib, millatchilikka qarshi faollar bilan mushtlashdi. Irqchilardan biri mashinasini olomonga urib, bir ayolning o’limiga sabab bo’ldi. Haydovchi qotillikda ayblanmoqda.

Tramp ilk bayonotida aniq bir guruhni tilga olmadi. So’ng ikki kun o’tib shunday dedi:

"Irqchilik qabihlikdir. Irqchilik nomi bilan zo'ravonlikka qo'l urganlar jinoyatchilardir. Ular Amerika qadriyatlarini oyoqosti qilmoqda”.

Adliya vazirligi Sharlotsvildagi voqeani tergov qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG