Indoneziyada Yava va Sumatra orollarini ajratib turuvchi bo'g'ozda ro'y bergan kuchli sunami oqibatida 200 dan ziyod odam halok bo'lgan, jarohat olganlar 850 ga yaqin. Sohilbo'yi shaharlarda yuzlab binolar yer bilan yakson bo'lgan. Kechki payt, ogohlantirishsiz kelgan sunamiga tog'da otilgan vulqon turtki bergani taxmin qilinmoqda.