Breaking News

Turkiyada karantin yumshatilgan


Turkiyada karantin yumshatilishi bilan 7 hafta uyda o’tirgan bolalar, tabiiyki, muzqaymoq yeyishga chiqmoqda.

Hukumat 13-may kuni 14 yoshgacha bo’lgan bolalarga to’rt soatga ko’chaga chiqishga ruxsat berdi.

Ba’zilar bundan xursand.

“Karantinning katta bir zarari shu bo’ldiki, o’g’lim uyda kattalar bilan qolib do’stlari bilan ko’risholmay qoldi. Bolalar tengdoshlari bilan muloqot qilib turmasa bo’lmaydi”, - deydi O’zan Quloq ismli bir ota.

Hukumat 65 yoshdan ulug’ bo’lganlarga ham 4 soatga uydan chiqishga ruxsat berdi. Karantin may oxirida to’liq bekor qilinishi kutilmoqda.

Hukumat koronavirusdan o’lganlar soni 50 foizga qisqarganini cheklov choralarini yumshatishga asos bo’lganini aytadi.

Turkiyada do’konlar ochilmoqda, biroq sotuvchilar ham, xaridorlar ham sog’liqni saqlash qoidalariga rioya qilishi kerak bo’ladi. Xaridorlarning do’konga kirishdan oldin tana harorati o’lchanmoqda.

Tanqidchilar hukumat iqtisodiyotni xalq salomatligidan ustun qo’yayotganini aytadi. Istanbul ko’chalari gavjumlashayotganidan xavotirga tushgan hukumat odamlarga ijtimoiy masofani saqlash muhimligini eslatmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG