Breaking News

Turkiya iqtisodiy lokomotivi tushkunlikda


Istanbulning yangi aeroporti
Istanbulning yangi aeroporti

Turkiya milliy valyutasining qadrsizlanishi natijasida foiz stavkalari ko’tarilib, iqtisodiyot negizlaridan bo’lgan qurilish sanoati inqirozga uchradi. Bu o’z navbatida Prezident Rajab Toyib Erdog’an boshqaruviga muammo tug’dirishi mumkin.

Xalqaro hayot - 30-noyabr, 2018-yil - Turkiya iqtisodiy lokomotivi tushkunlikda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00

Turkiyaning bir vaqtlar gurkiragan qurilish sanoati taqqa-taq to’xtadi. Turk lirasining qadrsizlanishi import qilinayotgan qurilish mollari narxlarining ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Ustiga-ustak, hukumat foiz stavkalarini keskin ko’targani ham zarar bo’ldi.

Oylab maosh olmayotgan quruvchilar hashamatli uylarni egallab, norozilik bildirmoqda.

“Rafiqam va ikki farzandim bilan yashayman, ijara haqqini to’lashga pulimiz yo’q. 56 kundan beri shu yerda yashayapmiz”, - deydi Taner Mutli ismli quruvchi.

Iqtisodiy inqiroz oqibatida ko’plab oilalar uylaridan ayrildi.

Iqtisodiy o’sish davrida odamlar eski uylaridan chiqib, shu joyda qurilishi rejalangan ko’p qavatli yangi uylarga ko’chish taklifiga uchgan edi.

Istanbulning Fikirtepe tumanidagi bir joyda ikki ming oila uyidan ayrildi. Ularning orzusi ushalmadi.

“Sizlar uchun bu yerda yangi uy qurib beramiz, deb va’da qilishgan edi. Ammo aldab ketishdi. Odamlarning pulini olib, yerini olib, imzo qo’ydirishdi, ammo qurilishdan asar ham yo’q”, - deydi Zaynab Duzguno’g’li ismli bir ayol.

Turkiyaning 10 yildan oshiq davom etgan iqtisodiy yuksalishida qurilish sanoati ham rol o’ynagan. Erdog’anning 16 yil davomidagi saylovlarda g’alabasi mana shu farovonlikka tayangan edi.

Sanoatni ushlab turish uchun davlat infratuzilma loyihalari ishlab turibdi.

Ulardan biri Istanbulda o’tgan oy ishga tushgan yangi aeroport bo’lib, qurilishga 12 milliard dollar sarflandi. Kelasi yili esa Qora dengizni, Marmar dengizi, O’rta dengiz va Egey dengiziga ulovchi sun’iy kanal qurilishi rejalangan.

Biroq ko’p milliard dollarlik bunday loyihalarga qaramay, qurilish sohasi inqirozga uchragan.

“35 yil ichida ilk bor bunga guvoh bo’lyapman. Bu qadar ko’p odamning ishsiz qolganini, maoshlarini ololmaganini, ish sharoitlari yomonlashganini endi ko’rishim. To’g’ri, oldin ham bo’lgan, lekin hozirgisi 100 chandon ko’p”, - deydi ishchilar kasaba uyushmasi a’zosi Mustafo Adnan Oqyo’l.

Iqtisodiy inqiroz Erdog’anga qimmatga tushishi mumkin. Mart oyiga belgilangan mahalliy saylovlar natijalari iqtisodiyotning siyosatga ta’siri darajasini namoyish etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG