Breaking News

Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan qochqinlarga doir imzolangan bitimni o'zgartirish tarafdori


Turkiyada yashovchi suriyalik qochqinlar
Turkiyada yashovchi suriyalik qochqinlar

5 yil oldin Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan qit’aga bormoqchi bo’lgan migrantlarni moliyaviy yordam evaziga qabul qilishga qaratilgan shartnoma imzolagan edi. Anqara bitimni qayta ko’rib chiqishni talab qilmoqda.

Xalqaro hayot – 16-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:55 0:00

“Hujjat Turkiya-Yevropa Ittifoqi aloqalaridagi yagona haqiqiy va ijobiy qadamdir, munosabatlarning muhim qismidir”, - deydi Istanbuldagi Iqtisodiyot va tashqi aloqalar izlanish markazi eksperti Sinan Ulgen.

Anqara Gretsiyani qochqinlarni noqonuniy ravishda Turkiyaga qaytarayotganlikda ayblarkan, kelishuv kelajagi savol ostida. O’tgan yili Turkiya Yevropa Ittifoqini bitim shartlariga rioya qilmayotganlikda ayblab, Gretsiya bilan chegarasini migrantlarga ochib bergan

“Turkiya kelishuvdan xursand emas, chunki Yevropa Ittifoqi bergan va’dalarini bajarmayapti”, - deydi Turk tashqi siyosat instituti direktori Husayn Bog’chi.

Anqara suriyalik qochqinlarni ta’lim va sog’liqni saqlash bilan ta’minlash uchun Yevropa Ittifoqidan ko’proq pul so’ramoqda hamda o’z fuqarolari uchun ittifoq hududiga kirishda vizasiz sayohatga doir va’da quruq qolganidan shikoyat qilmoqda.

Ba’zilar nazarida, qochqinlarga doir kelishuv Anqara uchun muhim diplomatik himoyadir.

“Inson huquqlari yoki iqtisodiy masalalar, masalan, sanksiyalar, mana shu kelishuv garovidadir. Ya’ni Yevropa davlatlari Anqaraga bosim qo’ya olmaydi yoki o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi”, - deydi “Duvar” yangiliklar portali sharhlovchisi Sezin Oney.

Turkiya tanqdichilariga ko’ra, bu mamlakatda inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat yomonlashgan va Yevropa Ittifoqi bu masalada qattiq turmayapti.

Oy oxirida ittifoqqa a’zo davlatlar rahbarlari Bryusselda uchrashishi kutilar ekan, Anqaraga qarshi qattiq sanksiyalar qo’llashni talab qilayotgan ayrim a’zo mamlakatlar da’vatlari e’tiborsiz qolishi mumkin.

Bu o’rtada oxirgi ijtimoiy so’rov natijalaridan ma’lum bo’lishicha, Turkiyada suriyalik qochqinlarga nisbatan munosabat salbiylashmoqda.

“Turkiya bu muammo bilan yolg’iz o’zi yana qancha shug’ullanishi mumkin axir? Keyingi saylovda ayrim siyosiy partiyalar suriyalik migrantlar masalasidan unumli foydalanishga harakat qilishi aniq”, - deydi Bog’chi.

Turkiyadagi 3 million suriyalik ayni paytda na Yevropaga chiqa oladi, na vataniga qayta oladi. Demak, ular mintaqaning siyosiy o’yinlarida yana ma’lum payt o’yinchoq vazifasini bajarib turadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG