Turkiya va Niderlandiya o'rtasida diplomatik nizo

  • Amerika Ovozi

Niderlandiya, Germaniya va Avstriya bu mamlakatlarda yashovchi turklarga Turkiyada 16-aprelga rejalangan referendumni qo’llab-quvvatlovchi namoyishlar o’tkazishni man qilganidan so’ng Anqara bu davlatlar qarorini natsistlar Germaniyasidagi tartibga tenglashtirdi.

Bundan g’azablangan Niderlandiya shanba kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li mingan samolyotga Rotterdam shahrida qo’nishiga ruxsat bermadi, so'ngra Turkiyaning oila masalalari va ijtimoiy siyosati bo’yicha vazirasini mamlakatdan chiqarib yubordi. Anqara keskin javob choralarini va’da qilmoqda.

Niderlandiya hukumati qaroriga norozilik bildirib, Rotterdam shahrida namoyishga chiqqan turklarning aytishicha, o’zga mamlakatlarda demokratiyani targ’ib qilayotgan Yevropa o’zida demokratik tamoyillarga xilof ish tutmoqda.

Politsiya namoyishchilarni tarqatishga harakat qildi.

Yevropa Ittifoqi Turkiyada prezident vakolatlarini o’zgartirishga qaratilgan referendumdan oldin tashviqot ishlarining tashkilotga a’zo mamlakatlar hududida olib borilishiga qarshi.

Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutening aytishicha, referendum Turkiya Respublikasini demokratiyadan yanada uzoqlashtiradi.

Anqara Yevropada fashizm kuchayayotgani haqida ogohlantirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG