Breaking News

Xalqaro hamjamiyat Turkiyadagi harbiylar isyonini qoralamoqda


Fiston Adumba, 32, an opposition supporter, reacts to Corneille Nangaa, Congo's elections chief,  announcing the postponement of the elections, in Kinshasa, Democratic Republic of the Congo.
Fiston Adumba, 32, an opposition supporter, reacts to Corneille Nangaa, Congo's elections chief,  announcing the postponement of the elections, in Kinshasa, Democratic Republic of the Congo.

Dunyo bo'ylab yetakchilar Turkiyada yuz bergan harbiylar isyonini qoralamoqda. Ular demokratik yo'l bilan saylangan hukumat tarafdori ekanliklarini izhor qilgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an bir guruh harbiylarning davlat to'ntarishini amalga oshirishga bo'lgan urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini e'lon qildi. Mamlakat to'liq hukumat nazoratida, dedi davlat rahbari.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun chiqargan bayonotga ko'ra, "harbiylarning biror davlat ishlariga aralashishi qabul qilib bo'lmas holatdir". U tomonlarni bosiqlikka, zo'ravonlikka yo'l qo'ymaslikka chaqirdi.

"Fuqarolik boshqaruvini tinch yo'l bilan va tez yo'lga qo'yish hamda demokratiya tamoyillari asosida konstitutsiyaviy tartibni tiklash uchun bu muhim", deyiladi Pan Gi Mun nomidan chiqarilgan bayonotda.

AQSh Prezidenti Barak Obama
AQSh Prezidenti Barak Obama

AQSh Prezidenti Barak Obama Turkiyadagi barcha partiyalarni demokratik yo'l bilan saylangan hukumatni qo'llab-quvvatlashga undadi. U milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchilari bilan uchrashib, vaziyatni tahlil qilgan. Zo'ravonlik va qon to'kilishiga yo'l qo'ymaslik kerak, dedi Obama.

AQSh rahbari vaziyatni telefon orqali Davlat kotibi Jon Kerri bilan ham gaplashgan. Kerri ayni paytda Moskvada Suriya bo'yicha rossiyalik rasmiylar bilan muloqot olib bormoqda.

Kerri o'z navbatida bayonot chiqarib, harbiy to'ntarishni taftish qilishda Vashington Anqaraga yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

U Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovusho'g'li bilan telefon orqali gaplashgan. AQSh Turkiyaning demokratik yo'l bilan saylangan fuqarolik hukumatini va demokratik institutlarini shak-shubhasiz qo'llab quvvatlaydi, dedi Kerri.

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg
NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg ham Chovushog'li bilan gaplashganini va Turkiyadagi vaziyatni yaqindan kuzatayotganini aytdi.

"Bosiqlik va tiyilishga, Turkiyaning demokratik institutlari va konstitutsiyasini to'liq hurmat qilishga chaqiraman. Turkiya NATOning ahamiyatli hamkori", - dedi u.

Yevropa Kengashi Turkiyadagi davlat tashkilotlarini o'z ishlarini qayta boshlashga undadi va bu masalada yordam ko'rsatishini bildirdi. Kengashning Vazirlar qo'mitasi raisi Marina Kaljurand harbiy to'ntarishni qoralab, demokratik yo'l bilan saylangan rasmiylarni yoqlashini aytdi.

"Davlat tashkilotlari odatdagi ishlarini boshlashlariga chaqiraman. Yevropa Kengashi Turkiyaga demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligi tamoyillari asosida yordam berishga tayyorligini ma'lum qilaman", - dedi Kaljurand.

Germaniya Kansleri Angela Merkel
Germaniya Kansleri Angela Merkel

Germaniya Kansleri Angela Merkelning so'zlovchisi Steffen Seybert "Twitter" orqali "Demokratik tartib hurmat qilinishi, insonlar hayotini asrash uchun barcha chora ko'rilishi kerak", deb yozdi.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson ham Turkiya bilan hamdard ekanini izhor qildi. U Turkiya Tashqi ishlar vaziri Chovusho'g'li bilan gaplashganini va demokratik yo'l bilan saylangan hukumat va institutlarni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Italiya Tashqi ishlar vaziri Paolo Gentiloni davlat to'ntarishiga bo'lgan urinishni "terroristik amaliyot" deb atadi. U Chovusho'g'li bilan suhbatda "xalq irodasi ustun kelganidan xursand bo'lganini" aytgan.

Italiya Tashqi ishlar vaziri Paolo Gentiloni
Italiya Tashqi ishlar vaziri Paolo Gentiloni

Rossiya Turkiyaning qonuniy yetakchilari bilan konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini aytdi.

"Mintaqada qurolli nizo hamda terror tahdidlari mavjud bir paytda Turkiyada siyosiy vaziyatning yomonlashayotgani xalqaro va mintaqaviy barqarorlikka jiddiy xavf soladi", deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi chiqargan bayonotda.

Anqara muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy isyon uchun xorijdagi diniy arbob Fathulloh Gulenni aybladi. AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Gulen voqealarga aloqadorligini inkor qildi.

NATO a'zosi bo'lgan Turkiya AQShning mintaqadagi yaqin hamkori sanaladi. "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi kurashda Anqara yaqindan yordam ko'rsatadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG