Breaking News
Din

Turkiyadagi qochqinlar Ramazonda xayriyadan bebahra qolmoqda


Turkiyaning Gaziantep shahri
Turkiyaning Gaziantep shahri

Turkiyada yashovchi qochqinlar bu yilgi Ramazon oyida kutilgandan ancha kam insonparvarlik yordamini olmoqda. Pandemiya bilan bog’liq lokdaun sabab xayriya tarqatish ancha cheklandi. Odatda Ramazonda xayriya ko’p to’planadi, biroq bu yili 90 foizgacha qisqargani aytilmoqda.

Xalqaro hayot - 23-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:15 0:00

“O’tgan yili tadbirkorlar qochqinlarga qo’shimcha yordam ajratgan edi, ammo hozir shu odamlarga qo’ng’iroq qilganimizda ularning o’zi pandemiyadan zarar ko’rganini aytishdi”, - deydi ko’ngilli Aya Sulton.

Turkiya 3,6 million suriyalik qochqinni o’z bag’riga olgan. Qashshoqlikdan qochish maqsadida ayrimlari so’nggi yillarda Yevropaga yo’l oldi, ammo hammasi ham manzilga yetib bormadi.

Muhammad al-Avaz shunday qochqinlardan biri bo’lib, o’tgan yili Yevropada karantin joriy etilgani sabab ortga qaytarildi. Bu yili u omadini yana sinab ko’rdi, lekin Gretsiya o’rmonida oyog’i lat yeb, deportatsiyaga uchradi.

“Yevropaga boraman deb ko’p pulim ketdi. Haydashdi, hech vaqosiz qaytdim. Bu yerda ish yo’q, vaziyat og’ir”, - deydi u.

Oila insonparvarlik yordami hisobiga yashaydi, biroq hozirgi sharoitda yordam ko’lami kamaygan, bolalar esa hatto onlayn maktabga kirolmadi.

Muhammadning rafiqasi Marvaga ko’ra, yo’ldagi xavf-xatarga qaramay, ular Yevropaga borishdan umidini uzgani yo’q.

“Boshida Muhammadning borishiga qarshi edim, ammo u quloq solmadi. Yana bir harakat qilib ko’radi”, - deydi u.

Qochqinlar Yevropaga odatda dengiz orqali boradi, ammo joriy yilda ko’plar yo’lda halok bo’ldi; dengizda qochqinlar orasida o’lim hollari 61 foizga ko’paydi.
BMTning inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi rasmiylari Gretsiya va Yevropani qochqinlar va siyosiy boshpana arizachilarini ko’p hollarda zo’ravonlik bilan Turkiyaga majburiy ravishda qaytarib yuborish orqali xalqaro shartnomalarni buzayotganlikda ayblaydi.

Gretsiya chegaralari xavfsizligini ta’minlashga haqli ekanini bildirib, o’z harakatlarini himoya qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG