Breaking News

Turklar Rossiyaga ishonmay qo'ygan


Arxiv surat. Turkiya va Rossiya prezidentlari - munosabatlar sovuqlashishidan oldin, Moskva, 18-iyul, 2012-yil
Arxiv surat. Turkiya va Rossiya prezidentlari - munosabatlar sovuqlashishidan oldin, Moskva, 18-iyul, 2012-yil

Rossiya-Turkiya aloqalari sovuqlashganidan beri turklarning Rossiyaga munosabati o’zgargan. So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, Turkiya ahli bu mamlakatni o’ziga eng katta tahdid deb biladi.

Turkiyaning millatchi gazetalari va davlat nazoratidagi matbuoti Kremlni Turkiyaga qarshi fitnada ayblashda davom etmoqda. O’tgan oy Bolgariyadan turk diplomatining haydab chiqarilishini Turkiya matbuoti Rossiyadan ko’rmoqda.

Istanbuldagi Qodir Has universiteti o’tkazgan so’rovda qatnashganlarning aksariyati Turkiya uchun eng asosiy tahdid bu safar Isroil emas, Rossiya ekanini aytadi.

Turklar Rossiyaga ishonmay qo'ygan - so'rov natijalari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:43 0:00

Universitetning xalqaro aloqalar bo’yicha mutaxassisi Soli O’zel shunday bo’lishini taxmin qilgan edi.

"Turkiya aholisining 85 foizi ma’lumotlarni televideniye orqali oladi. Turkiya hukumati Rossiyani yov deb ta’riflashda davom etarkan, kanallarning aksariyati esa hukumat da’volari va izohlarini qaytaraverar ekan, xalq bunga ishonadi”, - deydi tahlilchi.

Noyabr oyida Turkiya Rossiyaning Suriyada harakatlanayotgan samolyotini havoda urib tushirganidan beri do’stona aloqalardan asar ham qolmadi. Mamlakatlar 20 yil davomida savdo, turizm, madaniyat bobida ancha yaqin bo’lgan edi, minglab qo’shma oilalar qurildi.

Biroq, deydi Istanbuldagi Bilgi universitetidan tarixchi Oyxon Aktar, ikki davlatning tarixdan qolgan raqibligi saqlanib qolgan.

"Uzoq tarixda ikki mamlakat bir necha bor o’zaro jang qilib, barchasida Turkiya mag’lub bo’lgan. Keyin Sovuq urush boshlandi. Oddiy turklar uchun farqi yo’q – Rossiya Imperiyasi bo’ladimi, Sovet Ittifoqimi – bu mamlakat ular uchun doim Rossiya bo’lib kelgan. Shuning uchun ham achchiq xotiralar saqlanib qolgan”, - deydi Aktar.

Uning aytishicha, Turkiyaning Rossiya bilan ixtilofi jamiyat va hukumat ichidagi xavotir bilan bog’liq.

"Har bir marosimda, maktablardagi tadbirlarda doim bir narsani eshitamiz: Turkiya dushmanlar qurshovida. Bular grek bo’lishi mumkin, arman, rus, eronlik yoki boshqa bir xalq", - deydi Aktar.

Rossiya yaqinda Turkiyaga qo’shni Armanistonga eng zamonaviy qiruvchi va bombardimon samolyotlarini safarbar etganidan so’ng, deydi kuzatuvchilar, Anqaraning xavotirlari yanada kuchaygan va Moskva bundan xabardor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG