Breaking News

Rossiya-Ukraina ziddiyatlari Turkiyani qiyin ahvolga solmoqda


Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an shu kungacha ham Rossiya, ham Ukraina bilan iliq aloqalarni ushlab kelishga muvaffaq bo’ldi. Biroq ikki qo’shni mamlakat ziddiyatlari kuchayar ekan, Anqara ikki o’t orasida qolib ketganday.

Xalqaro hayot - 10-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:28 0:00

“Turkiya turli sohalar va joylarda Rossiya bilan yaqin aloqa o’rnatgan. Ukraina esa mustaqilligidan beri Turkiyaning yaqin do’sti va ittifoqchilaridan biri. Agar u yerda mojaro boshlangudek bo’lsa, Turkiya birining tarafini olishga majbur bo’ladi”, - deydi Istanbuldagi Qodir Has universiteti professori Mustafo Oydin.

Har ikki taraf bilan iliq aloqalariga ishora qilgan Erdog’an Kiyev va Moskva o’rtasida vositachilikni taklif qildi. Ukraina taklifni olqishladi, biroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rad javobini berdi.

Ayrim tahlilchilar nazarida, Moskva Anqara bilan aloqalariga putur yetkazishdan ehtiyot bo’ladi. Ularga ko’ra, Rossiya NATOga a’zo Turkiya bilan aloqalarini qadrlaydi.

“NATO hamjamiyatidagi kelishmovchiliklarni chuqurlashtirish Rossiyaning ustuvor maqsadlaridan. Turkiya Rossiya uchun juda muhim, Anqara bilan aloqalarni chuqurlashtirish NATO ichidagi kelishmovchiliklarni chuqurlashtiradi”, - deydi Bonn universiteti professori Zaur Gasimov.

Biroq Moskvaning Anqaraga sabri tugab bormoqda. Aprel oyida Turkiya NATO-Ukraina harbiy-dengiz mashqlarida qatnashmoqchi bo’lgan AQSh jangovar kemasiga Bosfor kanalidan o’tishga ruxsat bergani Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning keskin noroziligiga sabab bo’ldi.

Turkiyaning Ukrainaga harbiy dronlar sotayotgani ham Moskva e’tiroziga uchrayapti.

Kiyev ushbu dronlarni sharqiy hududlarda Rossiya qaramog’idagi bo’lginchi kuchlarga qarshi qo’llay boshlagan.

“Rossiya Turkiyaning bu masalada, bu mojaroda NATOdan ajralishini istaydi. Shu sabab Turkiyaning Ukrainaga yordamining o’zi rus siyosatchilarining katta xavotiriga sabab bo’lmoqda”, - deydi turkiyalik tahlilchi Arda Mevluto’g’li.

Turkiya Rossiya energetikasi va Suriya kabi qaynoq nuqtalarda Moskva bilan hamkorlikka bog’liq ekan, uning Ukraina mojarosiga aralashishi va bu masalada NATOdagi hamkorlari tarafida bo’lishi Rossiya bilan aloqalarda unga qimmatga tushishini yaxshi tushunmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG