Breaking News

Turkiya-Suriya chegarasi: Ikki o't orasidagi shaharlar

  • Amerika Ovozi

Turkiya-Suriya chegarasidagi vaziyat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:05 0:00

Suriya shimolida Turkiya harbiylari va kurd jangchilari to’qnashar ekan, talafotlar oshib bormoqda. Chegaraning har ikki tomonida yaqinidan ayrilgan oilalar…

Suriya shimolida turk askarlari kurdlarga qarshi jang qilayapti. Ozod Suriya Armiyasi degan yana bir guruh esa 2011-yildan buyon hukumat kuchlari bilan olishib keladi.

Turkiyaning Rayhonli shahri ikki o’t orasida. Yanvar boshida beri otishma va portlashlarda bir necha kishi halok bo’lgan, jarohatlar olganlar ham ko’p.

Husaynning otasi raketa hujumida halok bo’lgan.

“Otam go’sht olishga shahar markaziga borgandi. Mashinada onam, xolam va qizim ham bo’lgan”, - deydi u.

Uning oilasi Suriyaning Afrin shahridan, zo’ravonlikdan qochib, Turkiyaga kelgan. Afrinda nimalar bo’layotganini bilish qiyin, chunki jurnalistlar u yerga deyarli kiritilmaydi. “Amerika Ovozi” muxbiri Turkiya rasmiylari bilan qo’shni shahargacha yetib bora oldi.

Anqara o’z chegaralarini kurd jangarilaridan himoya qilayotganini aytadi. Suriyalik jangchilar esa kurdlarni mustaqillik e’lon qilishdan to’xtatmoqchi.

“Suriya ichida kurdlar qanday qilib o’z davlatiga ega bo’lishi mumkin? Bu bo’lmaydigan narsa”, - deydi suriyalik qo’mondonlardan biri Nodir Darvish.

Aholi orasida ham, harbiylar orasida ham talafotlar bor. Etnik ziddiyatlar avj olmoqda. Afrinda olingan suratlarda namoyishlarni, jarohat olganlarni ko’rasiz.

Turk rasmiylariga ko’ra, shu hafta qochqinlar lageriga tushgan raketadan yana uch kishi halok bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG