Breaking News

Arab davlatlari Suriya bilan aloqalarni tiklash niyatida. Turkiyada bunday reja yo'q


Suriya Prezidenti Bashar Assad Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulla bin Zayid al-Nahyon (so'lda, markazda) bilan uchrashmoqda, Damashq, 9-noyabr, 2021-yil
Suriya Prezidenti Bashar Assad Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulla bin Zayid al-Nahyon (so'lda, markazda) bilan uchrashmoqda, Damashq, 9-noyabr, 2021-yil

Suriya hukumati Rossiya yordamida isyonchilarni mag’lub etishi ketidan ularga madad berayotgan Turkiyani Damashq bilan diplomatik aloqalarni tiklashga da’vatlar yangramoqda. Urush boshida Prezident Bashar Asaddan yuz o’girgan arab davlatlari Suriya bilan muloqot qilishga majbur ekanini anglamoqda.

Xalqaro hayot - 2-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:00 0:00

“Barcha arab mamlakatlari Assad hokimiyatdan ketmasligini tushunib turibdi. Shu sabab endi ular Damashqda elchixonalarini ochishmoqchi. Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, masalan. Ular Suriya hukumati bilan muloqotni tiklamoqchi, biroq Turkiya bunday qilmayapti. Nazarimda, Anqara va Damashq o’rtasida aloqani yo’lga qo’yish kerak”, - deydi Turkiya parlamentida muxolif Jumhuriyat xalq partiyasidan deputat Unal Cheviko’z.

Partiya saylovoldi chiqishlarida fuqarolar urushidan Turkiyaga qochgan 4 million suriyalikni mamlakatiga qaytarishga va’da bergan. Partiya yetakchilariga ko’ra, buning uchun Suriya bilan mojaroda boshida uzilgan diplomatik aloqalarni tiklash lozim. Biroq Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an hozirgi siyosatdan voz kechmasligini bildirmoqda.

Uning bu siyosatini qo’llab-quvvatlayotgan ayrim kuzatuvchilar nazarida, Damashq mojaroni siyosiy yo’l bilan hal qilishga harakat qilsagina, Anqara uni qayta tan olishi mumkin.

“Suriya rejimi siyosiy yechim tarafdori ekanini samimiy ko’rsatishi kerak Biroq hozircha bunday bo’lmayapti”, - deydi Turkiyaning Suriyadagi sobiq elchisi Umar Onxon.

Damashq Turkiyani qo’shinlarini Suriyadan olib chiqishga chaqirmoqda. Chunki bu hol, deydi tahlilchilar, Suriya bilan aloqalarni tiklash harakatlariga g’ovdir.

Turk qo’shinlari Suriyada, asosan, kurdlardan iborat Suriya demokratik kuchlariga qarshi harakat qilmoqda. Anqara ularni turkiyalik kurd bo’lginchilariga aloqador ekanini ta’kidlab keladi, biroq guruh bu da’volarni inkor etmoqda.

Ba’zi kuzatuvchilar fikricha, Suriyadagi murakkab vaziyatni hisobga olganda u bilan diplomatik aloqalarni tiklash muammoga yechim bo’lmasligi mumkin.

Anqara va Damashqning faqat bir masalada siyosati bir joydan chiqishi mumkin, u ham bo’lsa kurdlarning Suriyada o’z muxtoriyatiga erishish harakatlariga qarshilik ko’rsatishda. Aynan shu masala ikki qo’shni mamlakat aloqalarini tiklashda muhim rol o’ynashi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG