Breaking News

Turkiyadagi siyosiy kuchlar koalitsion hukumat bo'yicha muzokara qilmoqda


(arxiv surat) Turkiya Bosh vaziri va "Adolat va taraqqiyot partiyasi"ning yangi raisi Ahmat Dovuto'g'li (o'ngda) Millatchi harakat partiyasi yetakchisi Davlat Baxcheli bilan uchrashmoqda, 28-avgust, 2014-yil
(arxiv surat) Turkiya Bosh vaziri va "Adolat va taraqqiyot partiyasi"ning yangi raisi Ahmat Dovuto'g'li (o'ngda) Millatchi harakat partiyasi yetakchisi Davlat Baxcheli bilan uchrashmoqda, 28-avgust, 2014-yil

Turkiyadagi parlament saylovlaridan so'ng qonunchilik organiga kirgan millatchi partiyalar asosiy muxolif guruh - Respublikachilar xalq partiyasi bilan koalitsion hukumat tuzish xususida muzokara olib bormoqda.

Agar tomonlar kelisholmasa, millatchilar Prezident Rajab Toyib Erdog'anning hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi bilan kelishishiga majbur bo'ladi. Shunda ham hukumat tuzilmasa, yangi saylovlar o'tkazilishi mumkin.

"Adolat va taraqqiyot" partiyasi 7-iyundagi saylovlarda g'alaba qilgani bilan ko'pchilik o'rinlarni qo'lga kirita olmadi. Erdog'anning partiyasi 2011-yil saylovlariga qaraganda 10 foiz ovozlarni boy bergan.

Parlamentda 80 ta o'rinni qozongan Millatchi harakat partiyasi rahbari Davlat Baxcheli respublikachilar bilan ittifoqqa kirmasligini juma kuni ma'lum qildi. Koalitsion hukumat tuzilgan holda unga bosh vazir lavozimi taklif etilgan edi.

Millatchilar hukmron partiya bilan ham koalitsion hukumat tuzishi mumkin, biroq ularning talablari shuki, prezident hukumat ishlariga aralashishni hamda kurdlar bilan tinchlik tashabbusini bas qilishi lozim.

Erdog'an bu talablarga ko'nmaydi, deydi tahlilchilar, millatchilar esa murosa qilishga majbur, chunki agar yangi saylovlar o'tkazilsa, "Adolat va taraqqiyot" partiyasi ko'proq ovozlar olishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG