Breaking News

Hashoggining g'oyib bo'lganiga AQSh sust munosabat bildirmoqda


Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchixonasi qarshisida norozilik namoyishi
Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchixonasi qarshisida norozilik namoyishi

2-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsullik idorasiga kirib, qaytib chiqmagan saudiyalik jurnalist Jamol Hashoggining taqdiri haligacha noma’lum.

Xalqaro hayot - 11-oktabr, 2018-yil - Hashoggining g'oyib bo'lganiga AQShdan sust munosabat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:55 0:00

Turk tergovchilariga ko’ra, Saudiya hukumati qirol siyosati va oilasi a’zolarini tanqid qilgan muxbirni o’g’irlab olib ketgan yoki vakolatxonaning o’zida o’ldirgan. Saudiya Arabistoni barcha ayblovlarni inkor etmoqda.

Qirollikning Vashingtondagi elchixonasi qarshisida to’plangan faollar Jamol Hashoggining taqdiri haqida ma’lumot berishni talab qilmoqda. Prezident Donald Tramp qirollik rasmiylari bilan shu haqda gaplashganini aytdi.

“Bu ishni kim qilganini avval aniqlashimiz kerak. Uning ichkariga kirganini ko’rishgan, ammo chiqqanini ko’rishmagan. Voqeani jiddiy ko’rib chiqamiz”, - dedi Tramp.

AQSh qonunchilariga ko’ra, agar Hashoggining g’oyib bo’lishiga saudiyaliklar aloqador bo’lsa, Tramp ma’muriyati chora ko’rishi shart.

“Bu voqea munosabatlarimizga soya tashlamoqda. Men Saudiya Arabistonini qo’llab-quvvatlab kelganman. Bizni kerakli razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlab turishadi, Eron va radikal sunniy musulmonlar kabi umumiy dushmanlarimiz bor”, - deydi respublikachi senator Lindsi Grem.

“Agar Saudiya Arabistoni Amerika rezidentini konsullikda o’ldirgan bo’lsa, AQSh qirollik bilan harbiy, siyosiy va iqtisodiy aloqalarini qayta ko’rib chiqishi kerak”, - deydi demokrat senator Kris Myorfi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an ham qirollikdan javob kutmoqda.

“Saudiyaliklar nima ish qilib qo’yganini tushunmayotgan ko’rinadi. Bu Quvayt, Iordaniya yoki Birlashgan Arab Amirliklari emas. O’ziga xos tarixiga ega Turkiya xorijiy mamlakat vakillarining bu yerda bunday amaliyotni amalga oshirishini olqishlamaydi”, - deydi Britaniyada chiqadigan “Independent” gazetasining Istanbuldagi muxbiri Borzu Darog’iy.

Turkiya matbuotiga ko’ra, o’tgan hafta Saudiya Arabistonidan Turkiyaga 15 kishilik maxsus guruh kelib, Hashoggini o’ldirgan, so’ng jasadini bo’laklagan. Bunday harakat Erdog’an obro’siga putur yetkazgani aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG