Breaking News

"Istanbul mazasi" Amerikada


"Qahvachi xonim" biznesi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:20 0:00

"Qahvachi xonim" biznesi

Turk qahvasi turk madaniyatining negizi sifatida ko’rilarkan, Amerika poytaxti yaqinidagi eng yirik savdo majmuasida turk qahvaxonasi ochildi.

Turk qahvaxonasining ochilgani poytaxt va Virjiniya shtati atrofidagi nafaqat turk jamoasini, savdo majmuasiga kelayotgan ko’p millatli xaridorlarni ham jalb qildi.

Gizem Saljigul Vayt qahvaxonaga asos solganlardan, qahvachi turk xonim deya tanilgan. U o’z biznesini qanday boshlaganini gapirib berarkan,qahvaxonaning ishga tushishiga 2012-yilda turk mobil-qahvasi loyihasida muvaffaqiyat qozongani turtki bo’lganini aytdi.

AQShda mobil-oshxonalar biznesi yaxshi rivojlanayotganini anglagan Saljigul ishni mobil-qahvaxona ochishdan boshladi. O'shanda u mobil-qahvaxonasida Amerika bo’ylab kezgan, qahva ulashgan. Hozir gavjum bir savdo majmuasida biznes ochish orzusi amalga oshganidan baxtiyor. Qo’llab-quvvatlaganlardan minnatdor.

“Mablag’imiz juda cheklangan edi. Biroq savdo majmuasi rahbariyati va Turk-Amerika jamiyati,turk qahva ishlab chiqaruvchilari yordami bilan maqsadimizga erishdik”, - deydi Saljigul.

Qahvaxonaning o’ziga xosligi shundaki, nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, hatto qahvaxo’rlar uchun o’rindiqlar ham Tukiyadan keltirilgan. Biznes rahbarining maqsadi ham aynan Istanbul madaniyatini ko’rsatish va “Istanbul mazasi”ni Amerikadagilarga ulashish.

“Turkiyadagi eng mashhur mahsulotlarni keltirganmiz. Ular bizni boshidanoq qo’llab-quvvatlagan. Qahvaxona dizayni ham turkcha. Turkiyani Amerikaga olib keldik desak ham bo’ladi”, - deydi Saljigul.

Do’kon ochilishiga kelganlarga turk qahvasi, shinam qahvaxona manzur.

“Ilgari hech turk qahvasini tatib ko’rmaganlar uchun ayni muddao. Mitti idishlarda bo’lsa-da mazali, biroz o’tkirroq, lekin yaxshi. To’g’ri tayyorlangan qahva. Boshqasini ichishni istamay qoladi odam”, - deydi qahvaxo’rlardan biri.

“Tukr qahvasi shaydosiman. Istanbulda bir necha marta bo’lganman, qahva tayyorlashni o’rganganman. Bu yerda ham turk qahvasi borligidan xursandman”, - deydi yana bir mijoz.

“Asli Qozog’istondanman. Uqoz yillar Moskvada yashaganman. O'shanda har hafta Istanbulga uchardik. Tukr qahvasini yaxshi ko’raman. Bu yerga do’stlarim bilan tatib ko’rgani keldik. Turk qahvaxonasi ochilgani yaxshi bo’ldi”, - deydi yana bir xaridor.

Saljigul Vayt yangi biznesni mijozlar iliq kutib olganidan baxtiyor. U turk qahvasi ixlosmandlari madadi bilan Amerika bo’ylab turk qahvasi brendi filiallarini ochish orzusida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG