Breaking News

Turkiyadagi saylovlarda Erdog'an prezidentlikka qayta saylandi


Erdog'an tarafdorlari

Turkiyada bo'lib o'tgan prezident saylovlarida amaldagi rahbar Rajab Toyib Erdog'an qayta prezident saylangan. Besh yillik muddatga saylangan Erdog'an 52 foiz, asosiy raqibi, Jumhuriyat xalq partiyasidan Muharram Inje esa 30 foiz ovoz olgan.

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, hamkasbi Erdog'an bilan telefon orqali suhbatlashib uni tabriklagan.

O'tgan yilgi referendumdan so'ng Turkiya parlament respublikasidan prezident respublikasiga aylanmoqda. Saylovda g'alaba qozongan Erdog'an shu bilan mamlakat tarixida eng qudratli prezidentga aylangan. 64 yashar Erdog'anning aytishicha, yangi tizim Turkiyaga barqarorlik va farovonlik keltiradi.

Parlament saylovlarida hokimiyatdagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasi 43 foizdan ko'p ovoz to'plagani aytilmoqda. Xalq partiyasi esa 23 foiz ovoz olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG