Breaking News

Kerri Lavrov bilan uchrashdi, samarasiz


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, 5-mart, 2014
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, 5-mart, 2014
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri fikricha xalqaro hamjamiyat bir davrada o'tirib, Ukrainadagi mojaro yuzasidan fikr almashib, kelishib olishi kerak. Muzokara yechimga yetaklashi kerak, deydi u, bugun Parijdan turib so'zlar ekan.

Kerri Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan gaplashgan. Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Deshitsa bilan suhbat qurgan. Kerri, shuningdek, Britaniya, Fransiya va Germaniya bosh diplomatlari bilan muloqot qilgan.

Britaniya Ukraina sharqi va Qrimga xalqaro kuzatuvchilarni yuborishni taklif qilmoqda. AQSh Rossiyani Ukraina bilan gaplashishga undamoqda. Lekin Lavrov Deshitsa bilan so'zlashmagan.

Bu orada NATO Rossiya bilan hamkorlikni qayta ko'rib chiqmoqda. Bosh kotib Anders Fog Rasmussen deydiki, Ukraina hukumati va qurolli kuchlari bilan aloqalar kuchaytiriladi. Blok Rossiya bilan rejalangan harbiy mashqlarni bekor qilgan.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Vilyam Xeyg fikricha Rossiya o'zga davlat hududiga bostirib kirgani uchun javobgarlikka tutilishi lozim va oqibatlari salbiy bo'lishini Kreml tushunishi kerak.

Moldova, Gruziya va mana Ukraina, deydi Xeyg, Rossiya bunday o'zboshimcha va qaysar harakatlari bilan xalqaro qonunlarni buzishni bas qilishi lozim, deydi ingliz diplomati.

Rossiya rahbari Vladimir Putin esa Ukraina bilan ketayotgan siyosiy olishuv oradagi iqtisodiy hamkorlikka zarar yetkazishini hech kim istamaydi, deydi.

Rossiya Qrimga rus elati manfaatlarini himoya qilish uchun kirganini da'vo qilsa, G'arb uni bu bahona bilan gigemonlik qilishga urinayotganlikda ayblaydi.

Qrimda Ukraina hukumati va ukrain elatiga qarshilik ortida Rossiya turgani yo'q, deydi Lavrov. Uning aytishicha, Ukrainani beqarorlashtirgan bu rasmiy Kiyevning o'zi.

30-mart kuni Qrim kelajagi yuzasidan referendum o'tkaziladi. Avtonomiyada aholining 60 foizga yaqini ruslar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG