Breaking News

Ukraina vaqtli hukumati Kramatorskni qaytarib olganini aytmoqda


Odessa, Ukraina motamda
Odessa, Ukraina motamda

Bu orada, juma kuni Odessa shahridagi olishuvlarda o'lganlar xotirlanmoqda. Olishuvlarda 42 kishi nobud bo’lgan.

Ukraina muvaqqat hukumati sharqda Rossiyaga moyil guruhlarga qarshi jangovar choralarni davom ettirmoqchi.

Bu orada, Kreml rusiyzabon aholidan yordam haqida minglab qong’iroq bo’lganini bildirmoqda.

Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov so’zlariga ko’ra, qo’shinlar Kramatorsk shahrida teleminora va hukumat idoralarini isyonchilar qo’lidan tortib olgan. Kramatorsk hamon Rossiyaga xayrixoj guruhlar qo’lida qolayotgan Slavyansk shahriga yaqin.

Ukraina Davlat xavfsizligi va mudofaa kengashi raisi Andiy Parubiy bugun qator shaharlarda aksil-terror amaliyotlar haqida ogohlantirdi.

Moskvada esa Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putin ma’muriyati hali bunga qanday javob berishni hal qilgani yo’q. Juma kuni Odessa shahridagi olishuvlarda kamida 42 kishi nobud bo’lgan edi. Ularning shaxsi hali aniq emas.

Ukraina bilan chegara yaqinida Rossiyaning 40 ming kishilik qo’shinlari va harbiy vositasi bor. Kreml rusiyzabon aholini himoya qilishga haqli ekanini aytib keladi.

Kiyevda vaqtli hukumat Odessada o’lganlarni xotirlab ikki kunlik motam e’lon qildi.

Shuningdek, kecha Slavyanskda garovda saqlangan yetti nafar Yevropa kuzatuvchisi qo’yib yuborildi. Ularni 25-aprelda ayirmachi kuchlar o’g’irlab ketgan edi.
Amerika-Ukraina-Rossiya / US-Ukraine-Russia
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:45 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG