Breaking News

"Qrim bizniki va bizniki bo'lib qoladi" - Poroshenko prezidentlikka kirishdi


Shokoladchi-milliarder Ukraina prezidenti sifatida ishga kirishdi
Shokoladchi-milliarder Ukraina prezidenti sifatida ishga kirishdi
Bugun Kiyevda Ukrainaning yangi prezidenti sifatida qasamyod keltirgan Petro Poroshenko “Qrim bizniki va bizniki bo’lib qoladi” deya ta’kidladi.

Poroshenko mustaqillikka erishilganidan beri Ukraina saylagan beshinchi rahbar.

Shokoladchi-milliarder oldida ulkan vazifa turibdi. Mamlakatda tinchlik va hududiy birlikni ta’minlash. Qudratli qo’shnisi Rossiya bilan til topishish. Iqtisodiyotni oyoqqa turg’izish.

Inauguratsiya marosimida G’arbdan AQSh vitse prezidenti Jo Bayden, boshqa davlatlarning vazirlari va yetakchi diplomatlari qatnashgan.

Qrim Rossiya xaritasiga kiritilgan va endi federatsiyaning ajralmas qismi, deya bildiradi Kreml.

Poroshenko uni qanday qilib qaytib oladi, bu noma’lum. Lekin u Moskva bilan ham, Ukraina sharqida Kiyevdagi hukumatga qarshi kurashayotgan bo’lginchi to’dalar bilan ham murosa qilishga hozir ekanini aytmoqda.

Bu hafta Fransiyada Ikkinchi jahon urushidagi muhim voqealar xotirlanib, unda Amerika va Rossiya rahbarlari ham ishtirok etganida, Poroshenko Barak Obama va Vladimir Putin bilan muloqot qilgan. Obama va Putin ham gaplashgan. Jurnalistlarga bu uchashuvlar haqida juda oz ma’lumotlar berilgan.

Kecha Slavyanskda Ukraina qo’shinlari va separatistlar to’qnashgan. Bir zobit o’lgan.

Rossiya Ukraina sabab Katta Sakkizlikdan chiqarib yuborilgan. Katta Yettilikka aylangan blok Kremlni Ukrainadagi qilmishlari uchun jazolashda davom etishi va Rossiya hozirgi siyosatidan qaytmasa, yangi sanksiyalar bilan yuzlashishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Kreml esa o’z manfaatlarini himoya qilishga haqqi borligini qayd etib keladi. Rus aholi yashaydigan hududlardagi adolatsizliklarga toqat qilinmaydi, deydi bu davlat rasmiylari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG