Breaking News

Ukraina sharqida Rossiya tarafdorlari namoyishlarni davom ettirmoqda


Slavyansk, 12-aprel
Slavyansk, 12-aprel
Ukraina sharqida Rossiyaga qo’shilishni targ’ib qilayotgan jangari kuchlar davlat idoralariga bostirib kirib, qurolli hujumlar kuzatilgan.

Slavyansk shahrida masalan xavfsizlik organlari joylashgan bino egallab olingan. Militsiya boshqarmasidan 400 qurol tortib olinib, ichki ishlar xodimlari do’pposlangan.

Donetsk va Luganskda ham rusparast namoyishchilar hukumat muassasalarini qamal qilib, Ukraina tarkibidan chiqib, Rossiyaga kirmas ekanmiz, isyon davom etadi, deya shart qo’ymoqda.

Kiyevdagi markaziy hukumat ular bilan murosa qilishga tayyorligini bildirmoqda. Muvaqqat bosh vazir Arseniy Yatsenyuk deydiki, bosh qomusga o’zgartirishlar kiritilib, mintaqa rahbarlari markaziy hukumat tomonidan emas, aholi ovozi bilan saylanishiga yo’l beriladi. Mintaqaviy referendumlar o’tkazish mumkin bo’ladi.

“Rus tilini hech qachon man etmaymiz va fuqaro istagan tilida so’zlashi mumkin”,- deya eslatmoqda Yatsenyuk.

NATOning ogohlantirishicha esa Rossiya Ukraina chegarasida harbiy salohiyatini oshirmoqda.

Moskva va Kiyev orasidagi aloqa bag’oyat taranglashgan. Rossiya tabiiy gaz uchun narxni ko’tarmoqda, Ukraina esa mahsulot uchun haq to’lamay qo’ygan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov fikricha Vashington Kiyevni murosaga undab, Moskva bilan til topishishga yordamlashishi lozim.

Ukrainaning sharqiy qismida o’tkazilgan ommaviy so’rovlarda aholining aksariyat qismi Rossiyaga qo’shilishga keskin qarshi ekanini aytgan.

Obama ma’muriyati Rossiyadan Ukraina hududidan harbiylarini chiqarishni talab qilmoqda. Aks holda Vashington yangi sanksiyalar qo’yishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG