Breaking News

Ukraina, Rossiya gaz ta'minotini tiklash haqida gaplashmoqda


Rossiya va Ukraina o'rtasida gaz ta'minoti bo'yicha muzokaralar bugun davom etayapti. Kecha muloqotning birinchi kunida Rossiya, Yevropa Ittifoqi va Ukraina elchilari ko'rishgan edi. Maqsad kun sovib borar ekan, Ukrainaga gaz yana uzatila boshlashiga erishish.

Moskva 5 milliard dollarlik qarz bois shu yilning yozida Ukrainaga gaz bermay qo'ygan edi. Rossiya bundan e'tiboran gaz uchun pul oldidan to'lanishini talab qilmoqda. Kiyev esa xalqaro yordam hisobiga qarzini yopish yo'llarini izlayapti.

Yevropa Komissiyasi xususan Ukrainaga 2 yarim milliard dollar qarz berish ustida o'ylanmoqda.

Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakovning aytishicha, o'tmishda Rossiya bilan yaqindan ishlagan 91 kishi, jumladan, sakkiz general vazirlikdan bo'shatilgan. Gap sobiq rahbar Viktor Yanukovich qo'lida ishlagan rasmiylar haqida ketayapti.

Bu orada, Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiyaning Ukraina sharqida isyonchilar rejalayotgan saylovlarni tan olish qarorini tanqid qilayapti.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko terrorchilar va banditlar rejalayotgan saylov hech qanday ahamiyatga ega emas, deydi.

Isyonchilar kelayotgan yakshanba Donetsk va Luganskda saylovlar o'tkazmoqchi. G'arb davlatlari esa jarayonni noqonuniy deya qabul qilmoqchi emas. BMT nazarida saylov Kiyev va isyonchilar o'rtasida o'tgan oy arang erishilgan sulhga pand berishi aniq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG