Breaking News

BMT: Afg'oniston gumanitar inqiroz bilan yuzlashadi


Tolibondan qochayotgan afg'onlar

BMT agentliklari Tolibonning harbiy g’alabalari natijasida Afg’oniston gumanitar inqirozga uchrashi haqida ogohlantirmoqda. Minglab odamlar uylarini tashlab qochmoqda, bu esa ochlikka sabab bo’lmoqda.

Xalqaro hayot – 13-avgust, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:34 0:00

G’arb elchixonalari xodimlarini evakuatsiya qilishga hozirlik ko’rarkan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 320 kishidan iborat missiya qolishini ma’lum qildi.

"Eng yomon kunlar hali oldinda deya qo’rqyapmiz. Ochlik ko’lami kuchaymoqda. Hozirgi vaziyat gumanitar inqirozning barcha alomatlariga ega”, - deydi BMTning Jahon Oziq-ovqat dasturi so’zlovchisi Tomson Firi.

May oyidan beri 250 mingdan ziyod afg’on uyini tashlab chiqqan bo’lsa, 80 foizi ayollar va bolalar, deydi BMTning Qochqinlar bo’yicha agentligi vakili Shabiya Mantu. Unga ko’ra, yo’lda bu odamlar qaroqchilar va katta yo’llarga qo’yilgan qo’lbola bombalar qurboniga aylanmoqda.

Minglab odam qishloq joylardan Kobul va boshqa shaharlarga sig’inmoqda.

“Bog’i Shirkatda uyimga raketa tushdi. Erim, bolalarim o’ldi, uyim vayron bo’ldi. Qayerga borishni, nima qilishni bilmayman”, - deydi Rahima ismli bir ayol.

Bu Kobul o’rtasida ichki ko’chirilganlar uchun qurilgan lager bo’lib, Tolibon hujumlaridan qochayotgan odamlarni qabul qilmoqda. BMT ma’lumotiga ko’ra, may oyidan beri tinch aholiga qarshi hujumlar 50 foizga oshgan.

Tolibon hujumlarini to’xtatishni hayoliga ham keltirmas ekan, ichki qochqinlar soni yanada oshishi kutilmoqda.

“Toliblar bizni har tomondan qurshab olishdi. Hatto uylarimizga kirib, ichkaridan jang qilishdi. Shundan keyin bolalarimizni olib qochishga majbur bo’ldik”, - deydi Bashir Ahmad Nazir ismli bir odam.

“Akam o’ldi, otam yaralandi, yana bir inim ham jarohat oldi. Mashinani ijaraga olishga pulim yo’q, hujjatim yo’q, lagerga kiritishmayapti. Odamlar qirilyapti”, - deydi Ustoz Baryol ismli yana biri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG