Breaking News

BMT rasmiysi: Xorijiy kuchlar embargoga zid holda Liviyaga qurol yetkazmoqda


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Liviya bo’yicha maxsus vakili Stefani Uilyamsning Xavfsizlik Kengashiga aytishicha, Liviyada hokimiyat uchun jang qilayotgan tomonlarga yordam berayotgan xorijiy kuchlar BMTning qurol embargosiga xilof holda qurol yetkazishda davom etmoqda.

Xalqaro hayot – 3-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:52 0:00

Unga ko’ra, feldmarshal Xalifa Haftar boshqarayotgan Liviya Arab qurolli kuchlari uchun yuk ortilgan samolyotlar mamlakat sharqidagi aeroportlarga 8-iyuldan beri taxminan 70 marta qo’ngan. Tripolidagi raqib Milliy birlik hukumati kuchlari esa shu davr mobaynida 30 ta samolyot va 9 ta kemada yuk qabul qilib olgan.

BMT rasmiysi aynan qaysi mamlakatlar Liviyaga qurol va boshqa anjomlar yetkazayotganini tilga olmadi. Haftar armiyasiga Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya va Misr yordam bermoqda, Tripolidagi hukumatni esa Turkiya qurol va qo’shin bilan qo’llab-quvvatlaydi.

Stefani Uilyamsning ogohlantirishicha, bunday harakatlar keng ko’lamli mojaroga olib kelishi mumkin.

Liviya ixtilofi va sharqdagi kuchlarning neft eksportini to’sib qo’yishi natijasida aholining koronavirus pandemiyasi davrida yashash sharoiti yanada og’irlashdi. Bugunga kelib bu mamlakatda 15700 dan ortiq odamda koronavirus aniqlangan.

Biroq BMT rasmiysiga ko’ra, fuqarolar urushi sabab epidemiyaning asl ko’lamini o’rganish imkoni yo’q. Virus yuqtirganlar soni rasmiylar bergan ma’lumotdan ancha yuqori bo’lishi mumkin, deydi u.

“Salkam 10 yillik ixtilof natijasida mamlakatda sog’liqni saqlash tizimi barbod bo’lib, epidemiya bilan olishishga ojiz”, - dedi Uilyams.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG