Guterrish Shimoliy Koreya masalasini muloqot orqali hal qilishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, Shimoliy Koreya yadro dasturi dunyoda bugungi kunning eng jiddiy tahdididir. “Tish qayrash kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin”, - deydi u.

Bosh kotibga ko’ra, muammoni siyosiy yo’l bilan hal qilish zarur.

“Muloqot, aloqa orqaligina xatolarning, tushunmovchilikning oldini olsa bo’ladi. Keskin bayonotlarning oqibati yaxshi bo’lmaydi. Harbiy yondashuvning ehtimoliy oqibati dahshatlidir”, - dedi Guterrish.

So’nggi yadro sinovidan ikki kun o’tgach Shimoliy Koreya o’zini qit’alararo ballistik raketalar, atom va vodorod bombalariga ega yadro davlati deb e'lon qildi.

Xitoy va Rossiya nazarida, Pxenyanga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish Koreya yarimorolidagi tanglikni yumshatmaydi.

Qo’shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashida Shimoliy Koreya bo’yicha yangi rezolyutsiya ustida ishlamoqda. Hujjat dushanba kuni ovozga qo’yilishi mumkin.

Amerika Prezidenti Donald Tramp Pxenyan bilan iqtisodiy aloqa qilayotgan davlatlar bilan savdoni to’xtatib qo’yishini aytgan. Shunday mamlakatlardan biri Xitoy bo’lib, Shimoliy Koreya eksportidan tushayotgan daromadning 90 foizidan ziyodi Pekin bilan savdoga to’g’ri keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG