Breaking News

Somalida odamlar ochlikdan o’lmoqda


Ya’ni bu davlatda to’yib ovqat yemayotgan fuqarolar soni 30 foizdan oshib, biror kun o’limsiz o’tmaydi
Ya’ni bu davlatda to’yib ovqat yemayotgan fuqarolar soni 30 foizdan oshib, biror kun o’limsiz o’tmaydi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Somali qisman ocharchilikka yuz tutgani haqida rasman e’lon qildi.

Mamlakatning qator viloyatlarida qahatchilik hukm surmoqda.

BMT bu illat butun davlatni qamrab olmasidan yordam uzatishga chaqirmoqda.

Somalida oxirgi bir necha yil davom etgan qurg’oqchilik bois janubiy viloyatlarda aholi och.

Tashkilot rasmiysi Mark Boden ahvol ayanchli, deydi.

“Somali ahlining deyarli yarmi bundan azob tortmoqda. Janubda yashovchi 2,8 million odam bir burda nonga zor.

10 minglab fuqaro o’lgan, aksariyati bolalar”, - deydi u.

Xususan janubdagi Bakul va Quyi Shabell viloyatlari ocharchilikka yuz tutgan.

Ya’ni bu davlatda to’yib ovqat yemayotgan fuqarolar soni 30 foizdan oshib, biror kun o’limsiz o’tmaydi. Odamlar yegulik topishga ojiz.

Mark Bodenning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, muammoni hal qilish uchun BMTda pul yo’q.

Somalida odamlar ochlikdan o’lmoqda
Somalida odamlar ochlikdan o’lmoqda

“Qahatchilikkacha bormaydi deb o’ylagandik. Regionga atalgan mablag’ni ishlatib bo’ldik, asosan, ko’chmanchi jamoalarga sarfladik”, - deydi u.

Ochlikni tugatish uchun kelasi ikki oyda 300 million dollar zarur. Asosan yegulik va dori-darmon uchun.

Qahatchilikka yuz tutgan viloyatlar al-Shabab jangari guruhining makoni sanaladi.

Guruh anchagacha gumanitar yordam bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlarni hududga yo’latmay, aholiga atalgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotni og’irlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG