Breaking News

BMT Tigraydagi vaziyatdan xavotirda


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari Mishel Bashelet Efiopiyaning Tigray viloyatida harbiy to’qnashuvlar kuchayayotganidan, hududga og’ir tank va artilleriya safarbar etilayotganidan xavotir bildirmoqda. Efiopiya hukumati Tigraydagi isyonchilarga qarshi amaliyot o’tkazarkan, hudud poytaxti Mekeleni o’qqa tutishga taraddud ko’rmoqda.

Xalqaro hayot – 24-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:22 0:00

Bashelet tomonlarni tinch aholini himoya qilishga chaqirdi. Agentlik so’zlovchisi Ravina Shamdasanining aytishicha, hujum paytida harbiy jinoyatlarga doir harakatlar sodir etilishi mumkin.

“Efiopiyalik bir polkovnik bayonot berib, dushmanga shafqat bo’lmasligini, Tigray Xalq ozodlik fronti yetakchilari esa o’limga tayyor ekanini aytishdi. Bunday gaplar xalqaro gumanitar qonunning jiddiy buzilishiga olib kelishidan xavotirdamiz”, - dedi BMT rasmiysi.

Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad isyonchilarni taslim bo’lishga chaqirgan. Tigray kuchlari bugungi janglarda markaziy hukumat armiyasining bir diviziyasini butunlay mag’lub etganini da’vo qilmoqda, biroq bosh vazir idorasi bu da’volarni inkor etmoqda. Hududda internet ishlamas ekan, xabarlarni tadiqlash imkoni yo’q.

Ahmadga ko’ra, isyonchilar aholidan jonli qalqon sifatida foydalanmoqda.

4-noyabrda boshlangan ixtilof oqibatida 40 mingga yaqin efiopiyalik qo’shni Sudanga qochgan.

AQSh va bir necha mamlakat tomonlarni bosiqlikka chaqirmoqda, Afrika Ittifoqi vositachi bo’lishni taklif etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG