Isroil va Falastin o'rtasida joylashgan shahar jahon merosi durdonalari ro’yxatiga kiritildi

  • Amerika Ovozi

UNESCOning jahon merosi durdonalari qo’mitasi Polshaning Krakov shahrida 34 ta qadimiy va madaniy merosni jahon merosi ro'yxatiga qo'shish masalasida yig'in o'tkazdi.

Bu safar Xevrondagi Eski shahar va Patriarxlar mozori ham tanlab olindi. Ular yo’q bo’lib ketish arafasida bo'lgan joylar sifatida Falastin dunyo merosiga kiritilgan.

Shahar Isroil va Falastin o'rtasida bo'linganda Eski shahar va qabriston Isroil nazoratiga o'tgan. Qabriston yahudiy, musulmon va xristianlar uchun birdek muqaddas sanaladi. Isroil UNESCOni Xevron bilan yahudiylarning yaqinligini payqamayotganlikda ayblaydi. Falastinliklar esa Isroil Falastin tarixini yo’q qilishga urinayotganidan norozi.

"Xevronliklar va falastinliklar uchun bu jiddiy masala. Shahrimizdagi bu joyga endi xalqaro meros deb qarayapmiz. Kelajak avlodga aslicha yetkazish uchun ko’p urindik. Qilgan mehnatlarimiz bizni yanada shahrimizni asrab-avaylashga, mahalliy qiyinchiliklarga qaramay, meros tarovatini saqlab qolishga, ko’rsatishga undaydi", - deydi Xevron rasmiylaridan Xolid Fahid Qavasmiy.

"Ramallohda o'ylab topilgan yo’lg’on bu. Ular yahudiylar va shu hudud tarixini qayta yozmoqchi. Xevrondagi yahudiy mozorini Falastin milliy merosi deyolmaymiz, axir. Aqli teran hech bir inson bu gapga ishonmaydi”, - deydi Isroil Tashqi ishlar vaziri Immanuel Naxshon.

UNESCO Xitoydagi Sinxay viloyati Tibet maydonlarida joylashgan Kukishili yerlarini ham ro’yxatga kiritdi. Xitoy Tibet madaniy merosini, an’analarni asrab-avaylashga so’z bergan.

Lekin Tibet masalasida Xitoy ma’muriyatiga e’tirozlar bor. Faollarga ko'ra, UNESCO Tibet ko’chmanchi aholisinining Xitoy hukumati tomonidan majburan boshqa joyga ko'chirilishini qo'llab-quvvatlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG